ISHLAB CHIQARISHNI ROBOTLASHTIRISHNING IQTISODIY VA IJTIMOIY MASALALARI
Sanoat korxonalarini robototexnologik
sistemalar asosida texnik jihatdan
qayta qurollantirishda yangi texnika samaradorligini aniqlaydigan metodika va
yo'riqnomalarni hamda ijtimoiy faktorlarni hisobga olish ishlarini mukammallashtirish talab etilmoqda. Yangi texnikani joriy etishning ijtimoiy iqtisodiy samarasi ikki
ko'rinishda —ijtimoiy masalani xal
etish va ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishda namoyon bo'ladi.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash
va avtomatlashtirish
darajasini oshirish, mehnatni
qisqartirishga olib keluvchi ishlab chiqarish vositalarini bunyod etish, o'z
navbatida, yangi resurslarni ishga solishni,
yangi texnikani joriy etish va
uni ommaviy tarzda tarqatishni taqozo etadi. Yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan va
avtomatlashtirilga ishlab chiqarishni tushirib
bo'lgandan keyingina oshirilgan
resurslarning harajati o'zini oqlashi mumkin. Birinchi bosqichda mehnat hajmini
kamaytiruvchi yangi texnikaning keng joriy etilishi asosiy fondlardan olinadigan samaraning vaqtinchalik kamayishiga, sanoat
mahsuloti tannarxining o'sishiga olib
keladi hamda iqtisodiy samaraga
keskin ta'sir etadi. Robototexnologik sistemani joriy etishda eskirgan uskunalar yangisi bilan almashtiriladi, natijada korxona boshqa sifatdagi mahsulot ishlab chiqarishga
o'tadi, mehnatining mazmuni va shart-sharoiti o'zgaradi.
Eski va yangi texnikani qo'llashning
natijalarini o'zaro taqqoslash juda murakkab ish. Chunki sifat jihatdan yangi
ko'rsatkichlar sodir bo'lib, bu ko'rsatkichlardan korxonani texnikaviy
qayta qurollantirish ishidagi
ijtimoiy iqtisodiy samarani aniqlashda
foydalanish qiyin
masaladir.
Agar jamoat manfaati nuqtai nazaridan aniqlangan talab va
resurslar (mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha olingan buyurtma, mehnat faoliyati
sharoitiga oid normativlar)
hisobga olinsa, u holda birlashma yangi texnikani joriy etish samaradorligi topshirilgan buyurtma va
normativlarning bajarilishi bilan ifodalanadi. Demak, yangi texnikani shunday tanlash
kerakki, qo'yilgan talablar eng
kam resurslar harajati bilan amalga oshirilishi kerak.
Solishtirish yo'li bilan aniqlanuvchi variantlarda robotlarni bunyod etish va ekspluatatsiya etish bilan bog'liq bo'lgan hamma harajat va foydalar
hisobga olinadi. Bunday hisob kitoblar ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirishning iqtisodiy
afzalliklarini ro'yobga chiqarishni
mushkullashtiradi.
Sanoat
robotlarini joriy etishni tezlashtirish uchun, bu hayrli ishga
oid hodimlar ishlab chiqarishni
robotlashtirishda faol ishtirok
etishlari, moddiy va ma'naviy qiziqishga ega bo'lishlari lozim.
Real hayotda
esa sanoat robotlarini joriy etishga
sarflanuvchi harajat bilan undan olinadigan konkret natijalar
orasidagi muddatning cho'zilib ketishi, o'z navbatida, sanoat robotlarini joriy etayotgan kollektivlarning
yomon ahvolga tushib qolishiga sabab
bo'lmoqda. Hammaga ma'lum kundalik texnika va texnologiyani mukammallashtirish bilan shug'ullanayotgan xodimlar esa moddiy rag'batlantirish soxasida oldinga
chiqib kelmoqdalar.
Robototexnologik sistemalarni ishlab chiqish
va keng tarzda qo'llash uni
iqtisodiy va ijtimoiy samarasini
aniqlaydigan yagona metodik ko'rsatmani talab etadi.
Korxonani kompleks texnik qayta qurollantirishdagi variantlarini solishtirish shu narsadan
dalolat berayaptiki, qaerda qo'l
mehnatini o'rnini bosuvchi
qimmat uskuna intensiv tarzda
foydalanilayotgan bo'lsa, shu erda eng
ko'p iqtisodiy samara mavjuddir. Sanoat
robotlarini qo'llash ikki va uch smenali ishda samara beradi. Avtomatik uskunalarni donalab
o'rnatish va ulardan kam smenali ishlarda foydalanish samara o'rniga zarar
keltirishi muqarrardir.
Sanoat robotlarini bunyod etish va
joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samarani aniqlash metodikasi
metall kesish stanoklari tajribaviy ilmiy
tadqiqot instituti (ENIMS)
tomonidan ishlab chiqilgan va 1984 yil yanvar oyida joriy etilgan yo'riqnomada o'z aksini topgan. Bu yo'riqnomada sanoat robotlarini
bunyod etish va joriy etishda iqtisodiy
samarani baholash yo'llari jamoat
fondidan to'lanadigan pullar, ishlab
chiqarishni tashkil etish
shaklini yahshilash evaziga texnologik
uskunalarning band bo'lish qobiliyatini hisobga olish, smenalararo yo'kotuvni
qisqartirish ishlab chiqarishni robotlashtirishda rejalashtirish va dispetcherlik ishlarining tartibga solinishi nazarda tutilgan.
Yo'riqnoma tarmoqlararo xususiyatga ega bo'lib, mashinasozlikning sanoat robotlarini bunyod etish va
joriy etish bilan bog'lik bo'lgan turli
xil tarmoqlarini (mexanik ishlov
berish, quyuv ishlari, temirchilik —
presslash, payvandlash, yig'uv va x. k.) o'z ichiga oladi.
Yo'riqnomada sanoat robotlari va robototexnologik komplekslarni bunyod
etish (loyixalash va o'zlashtirish)
hamda ularni mashinasozlik
korxonalarida joriy etish bosqichida
iqtisodiy samarani aniqlash usullari
bayon etilgan.
Ushbu yo'riqnoma yordamida, shuningdek, sanoat robotlari va
robototexnologik komplekslarni
bunyod etish va joriy etish bilan bog'liq bo'lgan ixtirochilik va
ratsionalizatorlik takliflari
uchun beriladigan
mukofotlar o'lchamini aniqlaydigan ko'rsatmalar ham
bor.
Shu bilan bir qatorda ushbu yo'riqnomada ijtimoiy iqtisodiy samarani hisobga oluvchi metodik
masalalar to'la aks ettirilmagan.
Robototexnikaning rivojlanishida kompyuterlarning
bunyod etilishi katta ahamiyat kashf etdi. Chunki kompyuter dasturlovchi qurilma bo'lib uning asosida mutlaqo yangi
ko'rinishdagi qurilma bunyod etish sharoiti tug'iladi. Shu munosabat bilan
kompyuter yordamida boshqariladigan robotlar paydo bo'ldi. Keyingi yillardagi
taraqqiyotning muhim xususiyatlaridan biri inson imkoniyatini
mukammalashtiruvchi vosita mikroelektronikadan foydalanishlar bo'lib
hisoblanadi. Mexanika bilan elektronikaning birlashishi oqibatida mexatron
qurilmalarini paydo bo'lishidir.
Hozirgi
zamon robotlari tarkibiga bir yoki bir necha mexanik manipulyatorlar kiradi.
Manipulyatorlar ilgarilama va burchakli holatda siljiy oladigan kinetik
qismlardan iborat. Manipulyatorning oxirida maxsus asboblar bo'ladi. Robot
manipulyatorlari avtomatik boshqaruv qurilmasiga ega bo'lib u o'z navbatida
sezgi (sensorli) qurilmalariga egadir.
Demak robot (1-rasm)
avtomatik tarzda harakatlanuvchi mashina bo'lib o'zida ishchi va informatsion
xislatlarini birlashtiradi. Rivojlangan robotlar xuddi insonga o'xshab tashqi
muxit bilan o'zaro munosabatda bo'lib sun'iy intellektga ega bo'lishi mumkin.
1-rasm. Robotning funktsional
sxemasi.
Avtomatlashtirish
vositasi sifatida robotlar
boshqa shu kabi vositalaridan o'zinig
ko'p funktsiyaligi (unversalligi) va boshqa operatsiyalarga epchil tarzda
o'ta olishi bilan ajralib turadi.
Universallik deganda robot ishchi organlari va uning harakatlari universalligi tushuniladi.
Robotlar universalligi inson tomonidan
bajariladigan har qanday
operatsiyalarni avtomatlashtirish
imkonini beradi. Robot yordamida
avtomatlashtirilgan tizim (sistema)larni robotlashtirilgan deb yuritiladi.
Robotlar asosiy vazifani bajarishga mo'ljallangan
robotlashtirilgan tizim va majmualarni
robototexnik deb ataladi. Robotlar ko'proq mashinasozlikda qo'llanib kelingan.
Mashinasozlikdan boshqa mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari
qo'llaniladigan soha pochta aloqasi bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ushbu
sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda robototexnika
vositalaridan foydalanish imkonini
qidirib topish dolzarb masala bo'lib hisoblanadi.
Robototexnika vositalaridan
foydalanishga oid olib borilgan tadqiqotlar va bu sohadagi mavjud tajribalar
ya'ni, yuklash, transport va ombor operatsiyalariga oid ishlar pochta aloqasiga
ham bevosita tegishlidir.