Hozirgi vaqtda sanoatimizda sanoat
robotlarining boshqaruv sistemalarida mikroprotsessor va kompyuterlar qo'llash
ishi jadal sur'atlar bilan olib
borilmokda.
Sanoat robotlarini boshqarishda uchta
variant bor: tsiklli, pozitsiyali va konturli variantlar. Mamlakatimizda har
bir variantdagi boshqarishni ta'minlovchi texnik vositalar seriyali ishlab
chikarila boshlandi. Endigi asosiy masala boshqarishga mo'ljallangan
texnik vositalarni ko'plab ishlab chiqarish
va uning ishonchlilik darajasini oshirishdir.
Robototexnikada mikroprotsessor va
kompyuterlarni qo'llash robotlarni va
texnologik komplekslarni gruppali boshqarishdagi murakkab boshqaruv masalalarini xal etish imkonini beradi. Mikroprotsessor va kompyuterlarning
qo'llanilishi, o'z navbatida,
robotlarni boshqaruv sistemasi ishonchliligini oshirish, axborotni real vaqt masshtabida
qayta ishlash, tsiklli, pozitsiyali, konturli rejimlarda robot harakatini
programmalash tezligini ta'minlaydi.
Biroq bularning hammasini programmali
ta'minotni bunyod etmasdan,
inson operator bilan bo'ladigan
muomalani programmalashtirmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi. Hozirgi
davrda mikroprotsessor va kompyuterlarni qo'llash yo'lidagi xal etilishi kerak
bo'lgan muhim masalalardan biri programmali ta'minot masalasidir.
Robototexnologik komplekslar uchun
boshqaruv sistemasini bunyod etishdagi
eng perspektiv usul konkret robototexnologik kompleks strukturasi va uning
oldiga qo'yilgan masalani xal etish
maqsadida buyurtma mikroprotsessor vositasini ishlab chiqish hisoblanadi.
Mashinasozlikdagi texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish
vositalarining taraqqiyot tarixida boshqaruv programmasi sistemasini joriy etishning ikki yo'li
yaqqol ko'zga tashlanadi: universal
vositalardan foydalanish va maxsus sistemalarni bunyod etish.
Universallik boshqaruv masalasining
murakkabligi, turli xil uskunalarga
o'rganish kerakligi va sistemani ishlab
chiqish vaqtini qisqartirish bilan bog'liq. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda programmalash vositalarini ishlab chiqishning
o'sa borishi, o'z navbatida, elektronikada ishlab chiqarishni
elementlar bazasida avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan maxsus yo'llanmani bunyod
etilishiga olib kelmoqda.
Robototexnologik sistemani ekspluatatsiya etish sharoitiga
moslashgan boshqaruv sistemaning mexanik, elektrik, elektromexanik,
gidromexanik, o'lchovchi, signalli qurilmalarning yagona sistemadan iborat ekanligi robototexnikaning boshqarish sistemasiga bo'lgan maxsus talablarni
keltirib chiqaradi.
Elektronikaning mavjud
elementlari tezligi (taktli
chastotasi 100 mgs gacha) ko'p surilish darajali (7 va undan oshiq) mexanik sistemalarni raqamlar yordamida
real vaqt masshtabida boshqarish uchun
etarli emas. Maxsus mikroprotsessorlarning
qo'llanilishi boshqarishdagi
mavjud chegaralarni olib
tashlash imkonini beradi.
Robototexnologik sistemalardagi boshqaruv aniqligi axborot datchiklarining
imkoni va aniqligiga,, mikroelektron element bazalarining ishonchliligi sanoat robotlarini boshqarish
sistemasidagi ishonchlilik darajasiga
bog'liqdir. Robototexnologik sistemaning to'xtab qolishi yoki xatolikka
yo'l qo'yishi, o'z navbatida, ishlab chiqarish programmasining bajarilishiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Hisoblash texnikasi nuqtai nazardan olganda boshqaruv
sistemasining titrash, ifloslangan havo, harorat, namlik, elektromagnit holati
ta'sirida ishlashi salbiy oqibatlarga olib kelishini ham nazarda tutish kerak.
Har bir robototexnologik sistemaning
ishonchli ishlashi uchun tashqi
muxit salbiy ta'sirining oldini
olish hamda uskunalar
elementlarini diagnostika qilish
maqsadida mahsus choralarni ko'rib chiqish kerak.