ROBOTOTEXNIKANING  CHET ELDAGI HOLATI VA TARAQQIYOTI

 

            Hozirgi kunda  xorijiy mamlakatlarda  robotlarni ishlab chiqish  va tayyorlash bilan ikki yuzga yaqin firma shug'ullanib  kelayapti, jumladan G'arbiy   Evropadagi 90 ga yaqin firmada  170 mingga yaqin robotlar ishlab chiqilgan. Chet el mamlakatlari  robot    lar ishlab chiqarishga 1990 yilgacha, bo'lgan davrga katta   kapital mablag' ajratishgan edi. Masalan, AQSh va Yaponiya 1981-1986 yilda 0,5 va   1 milliard kapital mablag' ajratgan bo'lsa, 1986-1990 yilda har  bir mamlakat 2 milliardga yaqin   dollar ajratgan.     Hozirgi vaqtda bitta robotning  tannarxi 4 ming   dollardan 200 ming dollargacha.     Robotlarni  ishlab chiqarish  va bunyod etish bo'yicha   Yaponiya birinchi o'rinni  egallab kelmoqda. Dunyodagi  mavjud  robotlarning 38 foizi Yaponiyaga ,25 foizi   AQShga,  22 foizi Frantsiyaga  to'g'ri keladi.  

               Germaniya  Italiya, Frantsiya,  Angliya va boshqa  mamlakatlarda  ham sanoat robotlarini ishlab  chiqarish rivojlanib  bormoqda.   

            Sanoat robotlarini ishlab  chiqarish bo'yicha dunyoda  Yaponiya  birinchi  o'rinni egallashining asosiy sababi      sanoat  robotlari  bilan shug'ullanuvchi   firmalarga      katta kapital mablag'lar  ajritilganligidadir. Agar  bu  sohaga 1969 yilda 0,4 milliard yen  ajratilgan  bo'lsa, 1976 yilda 15 milliard, 1977 yilda 18—20 mil       liard  yen ajratilgan.  Sanoat robotlarining bozor narxi 1977 yilda 100 milliard  yenni  tashkil etgan  bo'lsa, 1985 yilda 260 milliard yenni tashkil etgan. 

            AQSh,  Germaniyada    ham  sanoat robotlarini ishlab chiqarish uchun katta kapital  mablag'lar ajratilmoqda. Sanoat robotlarining bozor      narhi AQShda  1977 yilda 50  million dollarni tashkil  etgan bo'lsa, 1985 yilda 1.400 million dollarni  tashkil etdi.   

              Yaponiyadagi asosiy va yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga oid   vositalarni     uch  guruxga bo'lish mumkin:    

    — operator yordamida  boshqariladigan manipulyatorlar;   

    - oldindan belgilangan dastur asosida ishlaydigan  va qayta sozlanmaydigan avtomatik manipulyatorlar;

    - dastur bilan  boshqariladigan va avtomatik tarzda qayta  sozlanadigan sanoat robotlari. Bunday robotlar, o'z navbatida, tsiklli va raqamli dastur bilan  boshqariladigan robotlarga bo'linadi.

            Yapon  robotsozlari sanoat robotlarini maxsus texnologik  maqsad  bo'yicha ishlab  chiqaradilar.  Hatto universal  sanoat robotlari buyurtmani   talab etgan qo'shimcha  qismlar  bilan jihozlanadi. 

            Juda  ko'p jahon firmalari  Yaponiya ishlab  chiqarayotgan sanoat robotlariga qo'shimcha talablar qo'ymoqdalar, jumladan, robotlar baxosini kamaytirish, konkret operatsiyalarni bajara oladigan va gruppa robotlarni kompyuterlar  orqali  boshqara oladigan qurilmalarni ishlab  chiqarish, robotlarning epchil qo'llarini tayyor  lash, robotlarni kerakli pozitsiyaga surib qo'ya bilish; robotlarning xotira hajmini oshirish, boshqaruv  sistemasi va  ayrim  qismlar  ishonchliligini  oshirish, robotlarda  rangni, predmetlar holati  va shaklini aniqlash;  sanoat robotlari  turlarining texnikaviy xarakteristikasini standartlashtirish;  avtomatlashtirilgan omborlar ishlab  chiqarish  uskunalari bilan bog'langan komplekslarni ishlab chiqish; robotlar yordamida buyumlarni  joylash  va taxlash ishlarini bajarish va hokazolar. 

              AQShda  ishlab chiqarilayotgan dasturli birinchi avlod  robotlarining umumiy qimmati 1977 yilda 33 million dollarni, 1985 yilda esa 370 million dollarni tashkil etgan. 

              AQShda   sanoat robotlarining uch  xil ko'rinishi seriyali ishlab chiqarilmoqda: 

        tik  oyoqda turib ishlaydigan odamni almashtira oladigan robot (ish  zonasi 10 m3 va undan katta); 

  - o'tirib ishlaydigan  odamni almashtira  oladigan robot (ish zonasi 1 — 1,2m3); 

- eng  aniq yig'uv va o'lchov operatsiyalarini bajaradigan robot (ish zonasi 0,01—0,1m3). 

  2000 yilda sanoat  robotlarining  umumiy soni 45000 donani tashkil etdi. 

            G'arbiy  Evropa mamlakatlari  sanoat  robotlari. G'arbiy Evropada  birinchi sanoat roboti  1963 yilda Shvetsiyada  tayyorlangan. 1973 yilda Shvetsiyada 200 dan ortiq sanoat robotlari ekspluatatsiya qilingan. Shvetsiyada hammasi bo'lib sanoat robotlarini ishlab chiqa  rish bilan  sakkizta firma band bo'lib, 900 taga yaqin sanoat robotlari  ishlab chiqarildi, ularning 300 ta  dan ortig'i Shvetsiya  zavodlarida ishlatilmokda. Shvetsiya  bir million aholi jon boshiga  to'g'ri keladigan robotlar soni bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Bu ko'rsatkich Yaponiyada 19ga, AQShda 7 ga tengdir. 1980 yil  ning  oxirida Frantsiyada  500 ga yaqin, Italiyada 400 dan  ortiq, Angliyada 371 ta, Germaniyada esa 1133  ta sanoat roboti ekspluatatsiya kilingan. 

            1981 yil may oyida Angliyada birinchi marta robotlashtirilgan va avtomatlashtirilgan yig'uv uskunalari bo'yicha  ko'rgazma o'tkazildi. Parallel tarzda yig'uv ishlarini  avtomatlashtirish  bo'yicha  ikkinchi Halkaro konferentsiya  o'tkazildi. Bu konferentsiyada  Angliya, AQSh, Germaniyada yig'uv ish  larini  avtomatlashtirish, yig'uv mashinalarini   konstruktsiyalash, programma  asosida  ishlaydigan manipulyatorlarga qo'yiladigan talablar  muhokama etildi. 

              Angliyada  180 ga yaqin firma sanoat robotlaridan foydalanadi. Sanoat robotining o'rtacha bahosi 25000— 50000 funt sterlingdir. 

              Shvetsiya sanoat robotlari mayda seriyada ishlab chiqarishda  yuqori  unumdorlikni ta'min etish uchun ko'pincha kampyuter bilan jihozlangan   bo'ladi. Robot kompyuter bilan aloqada bo'lib, raqamli programma bilan boshqariladigan stanok o'rtasiga joylashtiriladi va undan  detallarni yuklash, tushirishda  bir stanokdan ikkinchi  stanokka uzatishda  foydalaniladi. 

  Avstraliyalik  mutaxassislar qo'y yungini olish jarayonini  robotlarga havola etdilar. Elastik tutqichlar qo'yni osoyishta ko'tarib, elektr qaychili manipulyator tagiga qo'yadi. Hozircha robotlar insonga nisbatan to'rt marta sekin ishlasalar ham, biroq kun bo'yi to'xtamay  ishlash  qobiliyatiga egadirlar. 

            Ilmiy texnika inqilobi o'ziga xos muammolarni  keltirib chiqarmokda, shulardan eng asosiysi ijtimoiy muommolardir.

            Ishlab chiqarishda  yangi texnika va  texnologiyalar qo'llanmokda. AQSh, Yaponiya, Germaniya  va G'arbiy Evropaning boshqa mamlakatlari korxonalarida robotlar  odamlar  o'rnini egallamokda. Odamlarchi?   Ko'pchilik xollarda ishsizlik namoyon bo'lmoqda. Ilmiy texnika taraqqiyoti mehnatga layoqatli aholining AQShda 8,5 foizi va G'arbiy Evropada 11 foizini boshqa ishga o'tishiga sabab bo'lmoqda. Sotsiologlar nuqtaiy nazaricha, avtomatlashtirish oqibatida sodir bo'layotgan ishsizlik   muammosini  ham xal etish kerak.  Keyingi vaqtlarda g'arb matbuotida ilmiy texnika taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlari bilan kurashishning yangi yo'li zo'r berib qidirilmoqda. Sanoatda yo'q qilinayotgan ishchi o'rinlariga maishiy xizmat ko'rsatish soxasida joylar  tayyorlanayapti.

Yaponiya sanoat kompaniyalari korandalikni   qo'llab kelmoqdalar. Ya'ni, ikkinchi darajali ishchilardan vaqtinchalik ishlarda  foydalanmoqdalar.