Paydo bO'lgan vaqtdan boshlab shu kungacha mavjud robotlarning 10 foizga
yaqini mashinasozlikda, 70 foizga yaqini esa mexanik ishlov berishdagi shtampovka va
transport ishlarida qo'llanib kelinmoqda. Bunga sabab ushbu
jarayonlarda juda ko'p sonli
detalni olish va o'rnatish kabi oddiy
operatsiyalar mavjud. Boshqa
tarmoqlarda robotlarni qo'llash uchun
ularning konstruktsiyasini
mukammallashtirish kerak. 1985 yilda shtampovka va mexanik ishlov
berishda qo'llaniladigan robotlar
ulushi 60 foizgacha kamaytirilgan
bo'lsa, yig'uv ishlarida esa 20 foizgacha ko'paytirildi. 1990 yilda
yig'ish, payvandlash, bo'yash ishlarida
qo'llaniluvchi robotlarni 33
foizga etkazish rejalashtirilgan edi. Ammo bu reja amalga oshirilmay
qoldi.
Avtomobil zavodida yig'ma
konveyer oldida odamlar qanday
ishlayotganligini kuzatganmisiz! Uzunligi bir kilometrcha keladigan konveyer bo'ylab oldin
avtomobil kuzovi kela boshlaydi. Yo'l yo'lakay uning har ikki tomonidan, tepadan aravachalarda,
transportyorlarda yig'ish uchun
dvigatellar, g'ildiraklar, boltlar, gaykalar, oynalar, o'rindiqlar, xullas,
mashinaning barcha a'zolari birin-ketin tartib bilan kelaveradi. Kuzov o'nlab,
yuzlab, minglab uzel va detallar bilan
mahkamlanib, bezatiladi, qarabsizki, har minutda bitta mashina tayyor. Avtomobil ketidan
avtomobil..
Ularni juda ko'p
odamlar — operatorlar yig'adi.
Konveyerda ishlovchilarning hammasi
ixtisoslashgan. Yig'ishning
barcha jarayoni kat'iy
taqsimlangan, alohida-alohida operatsiyalarga bo'lingan. Har bir operatsiya
bir, ba'zan ikki operatorga yuklangan,
uni bir minutda bajarilishi hisobga
olingan.
«Minutda
— avtomobil»— bu odam har minutda o'ziga topshirilgan operatsiyani boshlashi va tugatishi lozim, degan ma'noni anglatadi. Har minutda bittadan operatsiya.
Ikki soat o'tgach, o'n minutlik tanaffus, keyin yana minutiga bittadan
operatsiya bajarish davom etaveradi.
Ming-minglab
kishilar mashina, stanoklar,
konveyerlar qarshisida ertadan kechgacha turib mehnat qilishadi. Bajariladigan ishning bir xilligi
xizmatchini toliqtiradi, aksar, anchagina kuch sarf etishni talab etadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi
kishilarni bir qator og'ir yumushlardan ma'lum darajada ozod qildi. Lekin bu amalga oshirilgan
ishlar jamiyat talabini qondirish nuqtai nazaridan nixoyatda kamdir.
Mashinalar tobora murakkablashib
borayapti, ularni ishlatadigan odam
mehnati esa xali ham oddiyligicha,
malakasizligicha qolmoqda.
Ishlab chiqarish tobora mexanizatsiyalashib
va avtomatlashtirilib borilaverar ekan, bir xildagi, odamni
toliqtiruvchi mehnat turlari ortaveradi. Tajribali va bilimdon tokar biron
detalni yasashga kirishar ekan, u avvalo, ishga ijodiy yondoshadi, stanokka xom
ashyoni o'zi o'rnatadi, keskichni o'zi charxlaydi, xullas, hamma ishini o'zi
bajaradi va nihoyat qo'ling o'rgilsin
detalni yaratadi. Albatta,
bunday malakali tokar, hamma vaqt qadrlanadi. Biroq son sanoqsiz ortib
borayotgan mashinalaru avtomatlardan ham
mana shunday ishlash talab qilinadi, boshqacha aytganda, hamma
qiziqarli yumushlar mashinalar ga, bir
xil, zerikarli ishlar esa odamlar zimmasiga tushmoqda.
Modomiki, odamning ishtirokisiz
xilma xil murakkab va aniq ishlarni bajaradigan mashina yaratilayotgan ekan, uni yana bir qator
moslamalar bilan jihozlab, zimmasiga yana boshqa vazifalarni yuklash mumkin
emasmikan? Masalan, aytaylik,
mashina o'z-o'ziga avtomatik
ravishda xizmat qilsa—zagatovkani o'zi
stanokka o'rnatsa, tayyor mahsulotni olib joyiga qo'ysa. Nima uchun mana
shunday o'z-o'ziga hizmat qiladigan mukammal
mashina yaratish mumkin
emas?
Mashinalar, stanoklar, turli moslamalarni ishga
tushirish, yig'ma operatsiyalarni amalga oshirish ishlari ko'pchilik kuchi bilan bajarilganda sodda va oson ko'rinadi. Vaxolanki, xuddi shu ishlarni an'anaviy usul va vositalar
yordamida avtomatlashtirilsa avtomatlashtirish sistemasi murakkablashadi,
faqat bir xildagi mahsulotni
tayyorlashga moslashib qoladi. Oqibatda mashinaning universalligi
cheklanadi, qolaversa, bunday mashinani
ishlab chiqarish juda qimmatga
tushadi.
Mashinalarni
boshqarish operatordan ziyraklik, chaqqonlik hamda muayyan
malakani talab qiladi.
Uning ishini avtomatlashtirish uchun
odam o'rnini bosa oladigan butun bir
maxsus avtomat va robotlar yaratish lozim bo'ladi.
Ko'pgina ishlab
chiqarish jarayonlari bir necha marta
qaytariladigan turli operatsiyalar yig'indisidan iboratdir. Davriylikni
mashinalashtirilgan, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning
qonuni deyish ham mumkin. Robot ham boshqa avtomatlar singari hamisha qaytarilib turadigan vazifalarni
bajarish uchun moslashtirilgan. Shu
jihatdan robot boshqa barcha
mashinalarga o'xshaydi.
Ayni vaqtda sanoat roboti turli maqsadlarga
mo'ljallangan universal sistemadir. Undan turli stanok va mashinalarni ishlatishda, turli
texnologik jarayonlarni boshqarishda
foydalanish mumkin. Dasturli
boshqarish sistemasi bilan jihozlangan sanoat roboti, boshqa mashinalar
singari, dasturli boshqariluvchi avtomatik manipulyator deb
yuritiladi.
Robotning ishchi organi—harakat qiluvchi va
yumush bajaruvchi mexanik qo'li odamning qo'liga o'xshaydi. Mana
shunisi bilan u boshqa avtomatlardan farqlanadi va odam operator
faoliyatiga yaqinlashadi.
Seriyali ishlab chiqarilayotgan robotlar ishchi
parametrlarini tahlil qilish yo'li
bilan hozirgi zamon sanoat
robotlarining ilmiy texnikaviy darajasi xaqidagi tasavvurga ega bo'lish mumkin.
Eng muhim ishchi parametrlarga
yuk ko'taruvchanlik, boshqaruv turi,
harakatchanlik darajasi, harakatlanish tezligi, pozitsiya olish
aniqligi, uzatgichlar ko'rinishi,
ishonchlilik, tannarxi,
og'irligi, gabaritlari va hokazolar kiradi.
Sanoat robotlarining tezkorligi etarli emas. Chet ellarda
va bizning mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan robotlarning nisbiy taxlili shu narsadan dalolat beradiki, bizning mamlakatimizda robotsozlik umumiy yo'nalishlar va
talablarga mos tarzda rivoj lanib
bormoqda.
1985 yilda Moskvadagi
«Sokolniki» da «Robotokomplekslar 85» ko'rgazmasi namoyish etildi. Bu
ko'rgazmada eng murakkab
operatsiyalarni bajara oladigan
hozirgi zamon sanoat robotlari namoyish
etildi.
Ko'rgazmada Bolgariya, Chexoslovakiya, AQSh, Angliya, Avstriya, Yaponiya, Finlyandiya, Frantsiya, Germaniya
Federativ Respublikasi, Shvetsiya, Shveytsariya kabi mamlakatlardan keltirilgan ikki yuzdan ortiq firma stendlarida
robotlarning ayrim modellarigina
emas, balki ular yordamida
bunyod etilgan robototexnologik komplekslar, epchil ishlab
chiqarish modullari va sistemalar ko'rsatildi.
Masalan, Germaniya ekspozitsiyasida plastmassa va metalldan
detal tayyorlaydigan robototexnologik
kompleks bilan, Bolgariya ekspozitsiyasida tokarlik stanoklari va ishlov berish
markazlariga xizmat
ko'rsatuvchi robotlar bilan tanishish mumkin bo'ldi. Ayniqsa, Chexoslovakiya ekspozitsiyasida namoyish etilgan payvandlash uchun mo'ljallangan robototexnologik kompleks ko'rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.
Finlar olib kelgan ekspozitsiya ham turli
xildir. Jumladan, Nokia
firmasi stendida ko'rish
qobiliya tiga ega bo'lgan robotli
avtomatik sistema bilan tanishish
mumkin edi. Avstriya
ekspozitsiyasida yuklash
tushirish qobiliyatiga ega bo'lgan
robot, Yaponiya ekspozitsiyasida «Sanko seyki» firmasida tayyorlangan bo'yash
operatsiyasini bajara oladigan,
metallurgiya mahsulotini
nazorat etishga oid operatsiyalarni amalga oshira oladigan robotlar namoyish etilgan edi.
Ko'rgazmada
ilmiy texnik simpozium bo'lib,
unda turli mamlakatlar mutaxassislari
robototexnikaning bundan keyingi taraqqiyoti muammolarini taxlil etdilar.
Matbaachi roboti elektron sanoatida andoza asosida
chop etish jarayonini avtomatlashtirishga mo'ljallangan. Ushbu
robot o'zini o'zi zagatovkalar bilan ta'min etib, chop etiluvchi platalarga
turli xil rasmlarni bosadi va tayyor mahsulotni konveyerga olib
qo'yadi. Operatsiyalar
programmalashtirilgan bo'lib,
ish unumdorligini keng miqyosda rostlash mumkin. Matbaachi robotni qo'llash sog'liq uchun zarar bo'lgan zonadan operatorni bo'shatish imkonini berdi.
1980—1985 yillar
mobaynida Toshkent traktor ishlab chiqarish birlashmasi zavodida
beshta robotlashtirilgan
texnologik komplekslar (RTK) yaratilib, ishga tushirilgan:
1. Kichik hajmdagi
korpus detallariga ishlov beradigan
RTK. Bu detallarning vakili qilib 102B kranning korpusi qabul qilingan. Bu liniya 3 ta raqamli
programma bilan boshqariladigan 2R135F2
modelli parmalash stanogi, NT300
modelli tokar yarim avtomatdan, 2G135 stanogidan va 2 ta RB 231 robotidan
tashkil topgan.
2. Alyumin qopqoqlarining uch turiga ishlov beradigan
liniya, 2 ta 1N713 modelli stanoklardan, 2G175 modelli burg'ilash stanogidan va
RB 231 robotdan tashkil topgan.
3. Shlitsali vallarga
ishlov beradigan kompleks liniya bitta MR71 modelli
stanokdan, 2 ta raqamli programma
bilan boshqariladigan tokarli
1717FZ stanoklardan, 2 ta MSh300 T shlitsetokarli stanoklardan va 2 ta R505 robotlardan tashkil topgan. 4.
Shponkali pazli va ariqchali vallarga ishlov beradigan liniya MR71M modelli frezerli markazlovchi stanokdan, 2 ta raqamli programma bilan
boshqariladigan 1713FZ tokarli maxsus
stanokdan va 2 ta R505 robotlardan tashkil topgan.
5. Shponkali va ariqchali vallarga
kompleks ishlov beradigan liniya 2 ta
MR71M frezerli markazlovchi
stanoklardan, 2 ta 1N713 tokarli stanokdan, 2 ta maxsus stanoklardan va 3 ta
R505 robotlardan tashkil topgan.
Bu liniyalar mustaqil
ishlab chiqarish struktura birligini
tashkil qiladigan yagona uchastkaga biriktirilgan. Hammasi bo'lib bu liniyada
14 ta robot, 24 ta stanok bor.
Korxonalarning muvaffaqiyati, uning ekonomikaga, jamiyat turmushining
hamma sohalariga samarali ta'siri
faqat ilmiy xodimlarning kuch g'ayratlari bilangina
ta'minlanishi mumkin emas, albatta. Halq xo'jaligi uchun benixoya
katta ahamiyatga ega bo'lgan bu jarayonga
ijtimoiy ishlab chiqarishdagi, xo'jalik mexanizmining hamma
bo'g'inlaridagi barcha xodimlarni jalb
etish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Korxonalar taraqqiyoti xo'jalik faoliyati uslubi
va metodlarini tubdan o'zgartirishni,
qoloqlikka qarshi keskin kurash olib borishni, fanga chinakam hurmat
bilan qarashni, fan axllari bilan
hammaslak bo'lib ish yuritishni taqozo
etadi.
Ishlab
chiqarish birlashmalari va
korxonalarining hamma rahbarlari bu
talabning nechog'li muhimligini to'la-to'kis anglab olganlaricha yo'q.
Tugallangan ilmiy tadqiqot ishlari qoniqarsiz joriy etilayotganini, ilmiy muassasalar va oliy o'quv yurtlari bilan
xo'jalik shartnomalari tuzishga
xafsalasizlik bilan qaralayotganini, institutlar va oliy o'quv yurtlari
bazasida tarmoq ilmiy tadqiqot
laboratoriyalarini tuzishdan bosh
tortilayotganini, korxonalarda tajriba
eksperimental baza vujudga keltirish istagi yo'qligini ko'rsatuvchi
faktlar mana shuni tasdiqlab turibdi.
Keynigi vaqtlarda robot,
robotlashtirilgan komplekslar, epchil avtomatlashtirilgan sistemalarni
korxonalarda qo'llash hayot taqozosi bo'lmay,
modaga aylanib qolish xolatlari ham uchrab turibdi.
Robot, robotlashtirilgan komplekslar,
epchil avtomatlashtirilgan sistemalar,
eng avvalo, har tomonlama taxlil etib chiqilgan korxonalar sharoitida,
ishonchli va yuqori unumdor uskunalar asosida bunyod etilishi va joriy etilishi kerak. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, o'z
navbatida, avtomatlashtirilgan
loyixalash sistemasini epchil avtomatlashtirilgan sistema bilan birgalikda olib borish vazifasini
qo'yadi.
Avtomatlashtirilgan loyixalash sistemasini ishlab chiqish korxonani hozirgi zamon hisoblash texnikasi bilan jixozlash
va shu asosda programmalar bilan ta'minlashdan iboratdir. Ilg'or texnologiyaga asoslangan
epchil avtomatlashtirilgan loyixalash
sistemalarini bunyod etish nazariy tadqiqot bilan ishlab
chiqarishni birgalikda qo'shib olib
borishni taqozo etuvchi murakkab muammodir.
Shu
narsani ishonch bilan aytish
mumkinki, kibernetik metodlarning keng joriy etilishi ilmiy texnika taraqqiyotining bosh yo'llanmalaridan biri
bo'lib qolmoqda. Kibernetik metodlarning eng muhimi modellashtirishdir. Konstruktorlar biron bir
mashinani qurishdan oldin uning
xarakteristikasini har xil modellarda o'rganib chiqishadi.
Matematika tilida tenglamalar yordamida
turli xil ob'ektga tegishli jarayonlarni bayon etib, raqamlarda
ifodalangach javoblarga ega
bo'lish mumkin. Tadqiq etilayotgan jarayonni bu tarzda bayon etish matematik
modellashtirish deb ataladi. Hozirgi zamon tadqiqot ishlarida qo'llanilayotgan matematik modellar
shunchalik murakkabki, ularni zamonaviy
yuqori unumli kompyuterlarsiz taxlil etib bo'lmaydi.
Tadqiqotchilar ob'ektda sodir bo'layotgan jarayonlarni
matematik modelda qayta-qayta tekshirib ko'rib, jarayonning xolati xaqida to'liq ma'lumotga hamda konstruktsiyaning eng maqbul variantini
loyixalash va samarali boshqarish imkoniga ega bo'ladilar.
Matematik modelni joriy etish
tarixi yadro energiyasi va kosmik fazoni egallashdek yuksak muammoni hal
etishdan boshlangan. Hozirgi kunda ana shu metodlarning amaldagi muhim tatbiqi texnologik jarayonlarni boshqarish,
robotlashtirilgan kompleks va
epchil avtomatlashtirilgan sistemalarni ishlab chiqish muammolarini keltirib chiqarmoqda.
Hozircha matematik model ko'proq
fizikada mukammal qo'llanib kelinmoqda.
Galiley zamonidan boshlab fizika fani
aniq fan sifatida taraqqiy eta
borib, miqdoriy hisob kitoblar amalga oshirila
boshlangan. Tabiatdagi har bir qonun formula bilan ifodalanib, aniq miqdoriy hisoblar olib borilsagina fizik
qonun ko'rinishida tan olinadi.
Boshqa ayrim fanlar hali bu darajaga etishganlari yo'q, shuning
uchun ham ularning gurkirab o'sishi
boshi berk ko'chaga kirib qolmoqda.
Misol uchun texnologik jarayonni boshqarish, robotlashtirilgan kompleks, epchil avtomatlashtirilgan
sistemalarni olaylik. Texnolog va
mashinasozlarning beqiyos katta mehnatini e'zozlagan holda, shu narsani qat'iy e'tirof etish kerakki,
mashinasozlik texnologiyasi fani xali
aniq va miqdoriy hisoblarga ega
bo'lgan fan qatoridan o'rin olganicha
yo'q. Metallarga ishlov berish, texnologik jarayonlarni boshqarish, pochta xizmatini avtomatlashtirish robotlashtirilgan
komplekslarni, epchil
avtomatlashtirilgan sistemalarni bunyod
etish muammolarning taraqqiyot
qonuniyatlari xali to'liq tarzda
tenglama va formulalarda aks ettirilganicha yo'q. Bunda
ko'pchilik tadqiqotchi va injener, texnik, olimlar hisoblash
texnikasini ayblaydilar. Vaxolanki, buning asosiy sababi hisoblash mashinasigina
emas, balki hayotiy matematik modellarning ishlab chiqilmayotganligidir. Shuning
uchun ham matematik modellarni
ishlab chiqishni hayot taqozo etmoqda.
Ko'pincha matematik modelni
ishlab chiqib, uning asosida hisoblash
tajribalarini olib borish matematiklar vazifasi degan mulohazani eshitish
mumkin. Model va tenglamani
mutaxassischalik yaxshi tushunadigan odam
kam bo'lsa kerak. Har bir mutaxassis o'z soxasidagi jarayonlarni
bayon etishda tajriba manti qidan tulik foydalanishi zarur.
Ushbu muammolar to'lig'incha pochta xizmatiga ham taalluqlidir.
Matematik, fizik, kimyogar, biolog, texnolog va pochta mutaxassisi
bilan hammaslak bo'lib
ish yuritgandagina eng yaxshi model yaratiladi, ular bir-
birlarini yaxshi tushunishlari, umumiy til topishlari kerak. Shuning uchun hozir texnika
kibernetikasi, meditsina kibernetikasi, qishlok xo'jalik kibernetikasi, kimyo kibernetikasi,
mashinasozlik kibernetikasi va hokazo iboralarni eshitish mumkin. O'rta maktablarda, litsey va
kasb-xunar kollejlarida oliy o'quv yurtlarida, malaka oshirish kurslarida kibernetik metodlarni, kompyuterlashtirish masalalarini chuqurroq o'rganishga da'vat
etilayotganligining sababi ham ana shundadir.
Pochta xizmati jarayonlarini chuqur taxlil etish va uning matematik
modellarini yaratish navbatdagi vazifalardan biridir.
Robotlashtirilgan kompleks va epchil avtomatlashtirilgan
sistemalarni keng joriy etishni intensiv yo'ldan olib borish uchun qanday
tadbirlarni amalga oshirish zarur?
Birinchidan, litsey va
kasb-xunar kollejlarida, oliy o'quv yurtlarida, malaka oshirish institut va kurslarida kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, robotlashtirish, elektronika kabi mutaxassislikka bo'lgan e'tiborni kuchaytirish, o'quv jarayonlarini bevosita ishlab chiqarish bilan bog'lab olib borish kerak;
Ikkinchidan, korxonalarda, loyixa konstruktorlik
byurolarida, institut va uning filiallarida rahbar hodim, ya'ni bosh
injener, bosh texnolog, bosh
konstruktor, bosh mutaxassis boshchiligida maxsus gurux, bo'lim va laboratoriyalar tashkil etish;
Uchinchidan, korxonalardagi texnologik
shart-sharoitni taxlil etish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqishga
mo'ljallangan regional va xududiy
guruxlar tashkil etish;
To'rtinchidan, maxsus
robot, robotlashtirilgan komplekslarni yaratish, sinash va takomillashtirish
bo'yicha tajriba eksperimental tsexini
qurish va ishga tushirish;
Beshinchidan, tayyor
robot va manipulyatorlarni kerakli uchastka va tsexlarga o'rnatib, ularni
ishlata bila oladigan mutaxassislarni
tayyorlash;
Oltinchidan robotlar,
robotlashtirilgan komplekslar, epchil avtomatlashtirilgan sistemalarni
matematik, o'xshash modellarini ishlab
chiqish bilan shug'ullanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish.
Ana shu tadbirlar
muvaffaqiyatli amalga oshirilgandagina
halq xo'jaligini rivojlantirishning intensiv yo'liga o'tib olish mumkin.