Ma’ruza ¹ 7
Ishlab chiqarish binolarini yoritish
Reja:
Yorug’lik inson mavjudligining muxim shartlaridan biri sanaladi. U inson organizmi xolatiga ta’sir etadi, to’g’ri yo’lga quyilgan yorug’lik oliy asab faoliyati jarayonlarining amalga oshishini rag’batlantirib, ishga layoqatlilikni oshiradi. Yetarli bo’lmagan yorug’likda inson besamara ishlaydi, tez charchaydi, oqibati shikastlanishga xam yetib boradigan xato, yanglish xarakatlar qilish extimoli ortadi. Shikastlanishlarning 5 foizi kasbiy kasallik – ishdagi uzoqni ko’ra olmaslik (bo’lizorukost) sabab bo’ladi. To’lqin uzunligiga qarab, yorug’lik kuzagatuvchi (olovrang-qizil) yoki tinchlantiruvchi (sariq-yashil) ta’sir ko’rsatadi. Yorug’likning spektral tarkibi mehnat samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Agar tabiiy yoritilishda 100 foizni qabul qilinsa, qizil va shafaq rang yoritilishda u 76 foizni tashkil etadi. To’liq yoki qisman tabiiy yorug’likdan maxrum etilganda- yorug’likdan Ochiqish (ochlik) mumkin.
Ishchi binolarini yoritish quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
1. Ish bajariladigan yuzalarning yoritilish darajasi, shu ish turi uchun gigienik meyorlariga javob berishi lozim.
2. Binoda yoritilishning teng o’lchamliligi va shartlarining barqarorligi, keskin zidma-zidlikning bo’lmasligi kerak.
3. Kirish maydonida yorug’lik manbalari tovlanish xosil qilmasligi lozim.
4. Sun’iy yorug’lik spektral tarkibi bo’yicha tabiiy yorug’likka yaqinlashishi kerak.
Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi yorug’likdan foydalaniladi: tabiiy, yahni quyosh, Sun’iy (elektr yoki lyuminestsent lampalar) va uyg’unlashgan.
Tabiiy yoritilish quyidagilarga bo’linadi:
· Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepadlar, aralash bino oralari orqali teshiklardagi yorug’lik beradigan fonarlar orqali);
· Yonboshlama (derazalar orqali);
· Uyg’unlashtirilgan.
Tabiiy yoritilish yil fasllari, kuni, joyning jug’rofiy kengligi, bino va derazalarning ichki tuzilishi, derazalar oldi yuzalarning aks etuvchi xususiyatlari, kuchalar kengligi va boshqa shartlarga bog’liq. Kun davomida tabiiy yoritilish sezilarli darajada o’zgarishi mumkin. Muayyan iqo’l im sharoitlarida yoritilganlik 1 necha daqiqa davomida ko’payishi yoki 1 necha barobarga kamayishi mumkin. Yorug’likning o’zgarishi, kun davomida ishlab chiqarish binolarida aloxida ish joylarini yetarli va teng miqdorda yorio’tib berishni kafolatlamaydi. Tabiiy yoritilishni loyixalashtirish va xisobo’lashda yorug’likning manbai sifatida osmonning tarqalma yorug’ligi olinadi, bunda to’g’ridan to’g’ri quyosh yorug’ligi inobatga olinmaydi.
Aloqa korxonalarida yaxshi sanitarial – gigiena sharoitlarini yaratish va saqo’l ash uchun barcha ishlab chiqarish, ma’muriy, idora va maishiy binolar kunning yorug’ paytida bevosita tabiiy yorug’likka ega bo’lishlari lozim bo’ladi. Tabiiy yorug’likni sun’iy bilan almashtirish faqat istisno xolatlarda yo’l qo’yiladi (ishlab chiqarish jarayoni kuzatilmayotgan binolarda va ishchilar uzluksiz bo’lmaydigan joylar, xojatxona, yuvinish xonalari, dush, 3 kishidan ortiq bo’lmaydigan xonalar, shuningdek fonarsiz binolarda).
Tabiiy yoritilishning yetarliligi 2 omil bilan belgilanadi: tabiiy yoritilish koeffitsienti va derazaning yorug’lik tavsifi (yorug’lik maydoni va yorug’lik chuqurligi) bilan.
Aloqa korxonalarida tabiiy yoritilishni xisob-kitob qilinayotganda quyidagi zarur, (shart bo’lgan) sanitariya meyorlari, deraza maydonlari – F0 ning Fn maydoniga nisbatiga rioya qilish zarur.
· Mahmuriy-idora va maishiy binolarda
;
· Ishlab chiqarish binolarida:
Tabiiy yoritilish tabiiy yoritilish koeffitsienti (t.yo.k.) bilan tavsiflanadi, u foizlarda ifodalanadi.
e k ,
· e bunda – M nuqtasida tabiiy yoritilish koeffitsienti;
· Ev ning M nuqtasida yorug’ligi tarqalgan gorizontal maydonning 1 vaqtning zida tashqi yoritilganligi, lk.
Eng kam xisobli yoritilganlikni 5000 lk tashqi yoritilganlikda aniqo’l aydilar.
Yonlama yorug’lik bilan binolar uchun sanitariya meyorlari tabiiy yoritilganlikning nominal koeffitsienti (emin) belgilangan bo’lsa, ustki va uyg’un yorug’lik bilan binolar uchun o’rtacha axamiyatli tabiiy yoritilish koeffitsienti (t.yo.k.) (Ertacha) ish xududi ko’lamlida belgilangan. Yertacha mazkur formula bo’yicha belgilanadi:
Bunda ye1, ye2, ... yen – biri ikkinchisidan teng masofada joylashgan turli tabiiy yoritilish koeffitsientining axamiyati.
n – tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilanadigan nuqtalar soni (5ta dan kam emas).
Ishlab chiqarish binolarida barcha ishlar farqo’l ash obektlarining muayyanlik darajada va xajmlariga qarab 6 razryadga ajratiladi. Kirishni (dikkatni) jalb etadigan ishlar shartlariga ko’ra, 7.1. [1.1]. jadvalida keltirilgan sanitariya meyorlari tomonidan 6 razryad uchun
SN-245-63 tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilangan.
Oraliqo’l ar, tish oralari va boshqa talab qilinayotgan yoritilish meyorlari borasida V razryad ishlab chiqarish binolariga tenglashtiriladi. smirlar (o’rta maktablar, texnika bilim yurtlari o’quvchilari)ni o’qitish uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish binolarida ishlar razryadlari, 1 razryadli ishlari bilan binolardan tashqari, 7.1. – jadvalida ko’rsatilganlarga qarshi 1 pog’onaga yuqori qabul qilinishi kerak.
6 razryaddagi ishlarga qo’shimcha qilib, VII sun’iy yoritilish razryadi belgilangan, unga o’zi yorug’lik beradigan materiallar yoki jismlar bilan bo’ladigan ishlar kiradi.
Aloqa korxonalarida ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun sun’iy yoritishning 2 tizimi qo’llanadi:
· teppa-teng (simmetrik) yoki yoritgichli lokalizatsiyaga joylashtirib umumiy yoritish;
· bir vaqtning o’zida umumiy va maxalliy yoritishdan foydalangan xolda uyg’unlashma yoritish.
Maxalliy yoritish statsionar va ko’chma bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoitlarida 1 maxalliy yoritilishdan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi, negaki, ish joyi va atrof-muxit makonining yoritilishlari o’ta farqo’l anadi. Natijada ishlash uchun noqulay sharoitlar yuzaga keladi, shikastlanish xavfi ortadi, ishlab chiqarish maxsuldorligi pasayadi. Almashtirma lampalar bilan muntazam ishlar uchun faqat birgina maxalliy yoritilishdan foydalanishga izn beriladi.
Umumiy yoritishdan ish joylari yuqori yorug’lik talab qilmaydigan va shuningdek, ishlab chiqarish sharoitlariga ko’ra (mexanik tebranishlar) maxalliy yoritish mumkin bo’lmgan joylarda meyoriy yoritilishning uncha katta bo’lmgan darajalarida foydalaniladi.
Maxalliy yoritilishdan foydalanilmagan xolda ish joylarini yuqori yoritish uchun yoritgichlarning lokalizatsiyali joylashtirgan xolatda yoritishni qo’llash mumkin. Bunday tizim ko’proq yorug’likni ish joylariga yunaltirish va ishlab chiqarish binolarining katta makonlarini xam tejamli yoritish imkonini beradi.
Uyg’unlashma yoritishdan ish joylarida yoritilishning yuqori darajalarini yoritish zarur bo’lganda foydalaniladi. Maxalliy yoritishdan umumiy yoritish bilan 1 qatorda foydalanilganda, ishchiga bo’sh tuzatishda maxalliy yoritgichdan yorug’lik oqimini yunaltirish imkonini beradi. Zarurat tug’ilganda, maxalliy yoritish uchiriladi. Uyg’unlashma yoritish tizimidan keng qo’llaniladi.
Vazifasiga ko’ra, elektr yoritishni ishchi, avariya, ta’mir, kuriklashga ajratish mumkin. Faqat ishchi va avariya yoritilish sanitariya meyorlari bilan meyorlanadi.
Ishchi yoritilish ish joylarida maromidagi yoritilishni yaratish uchun xizmat qiladi.
Eng kam yo’l qo’yiladigan sanitariya normalari ishlab chiqarish binolaridagi ish joylarida yoritilish ish turi, ishlayotganda farqo’l ash zarur bo’lgan jismlar xajmlari va aniqo’l ik darajasiga qarab pastda keltirilgan.
I, II, III razryadli ishlar uchun Uyg’unlashma yoritilishdan foydalanish kerak.
Yoritilish meyorlari quyidagi xolatda 1 pog’onaga qatariladi.
· agar qurilayotgan obektdan ko’zga qadar bo’lgan masofa 0.5 m dan ortiq bo’lsa,Iv, Ig, IIb, IIv, IIg, III va IV razryadli ishlarda;
· agar farqo’l ash obektlari xarakatlanayotgan yuzalarda joylashgan bo’lib, ularni ajrata bilish qiyin bo’lsada Iv, Ig, IIb, IIv, IIg, III va IV razryadli ishlarda;
· agar farqo’l ash obektlari xarakatlanayotgan balandliklarda joylashib, ularni farqo’l ash qiyin bo’lsa, Iv, Ig, IIb, IIv, III va IV razryadli ishlarda;
· insonlar doimo mavjud bo’lgan binolarda tabiiy yoritilish bo’lmaganida;
· IV, V, va VI razryadli ishlar uchun jaroxatlanishning yuqori xavfi bo’lganda (notsirklyar arralardagi ishlar);
· smirlarning ishlashi yoki ishlab chiqarish uchun maxsus mo’ljallangan binolarda (agar ular uchun meyoriy yoritish lyuminestsent yoritilishda 300 lk dan kam yoki chug’lanma lampalarda 150 lk bo’lsa);
Yoritilish meyorlari quyidagi xolatlarda 1 pog’onaga pasayadi:
· ishlab chiqarish binolarida, agar insonlar qisqa muddat bo’lsa;
· doimiy xizmat ko’rsatish talab qilmaydigan uskunalar bilan jixozlangan binolarda.
Chug’lanish lampalar yordamida maxalliy yoritilayotganda, umumiy – lyuminestsent lampalari bilan esa umumiy yoritilayotganda yoritish 100 lk dan kam bo’lmasligi kerak.
Lyuminestsent lampalar va chug’lanma lampalarni birgalikda quyidagicha qo’llash mumkin:
· lyuminestsent lampalar uchun meyorlar bo’yicha 1 umumiy yoritish tizimida;
· maxalliy yoritish yoritgichlarida belgilangan lampalar uchun meyorlar bo’yicha Uyg’unlashma yoritish tizimida.
Sun’iy yoritish elektr yorug’lik manbalari yordamida amalga oshiriladi. Ular issiqo’l ik nurlari – elektr chug’lanish lampalari yoki lyuminestsent nurlanish tamoyiliga – simob, natriy va lyuminestsent lampalarga asoslanadi. Chug’lanish lampalarida quvvat asosan (80 foiz) issiqo’l ik nurlari va faqat 10 foiz spektrning ko’rinadigan qismidagi nurlanishga sarflanadi. Chug’lanish lampalarining asosiy xarakteristikasi: nominal kuchlanish, quvvat, yorug’lik oqimi, yorug’lik berish va xizmat muddati. Volframdan keluvchi ip yorug’lik manbai sanaladi. Kichik quvvatli (60 Vt gacha) chug’lanish lampalarini vakuumli, katta quvvatli gaz-tuldirilgan qilib tayyorlanadi. Lampa qolbalari neytral gaz argon yoki azot bilan tuldiriladi;yangi shakldagi lampalar kripton yoki ksenon bilan; chug’lanma iplar 2 tali, zig-zagli yoki ikkitali spiral bo’ladi. Normal chug’lanish lampalarining o’rtacha yonish davomiyligi amaldagi standart bo’yicha 1000 soatgachani tashkil qiladi. Lampaning yorug’lik berishi 20 lmVt ning oshmaydi.
Lyuminestsent lampa – bu shisha trubka, ichida lyuminoformli qoplov mavjud. Trubka nixoyasida volfram bispiral Ko’rinishida metall elektrodlar ulangan. Lampa ichida simob va argon juftliklari aralashmasi bor. Aralashma orqali elektr tokining tishi lyuminofor yonishini xosil qiluvchi ko’zga ko’rinmas Ultrabinafsha nurlar chiqishi bilan uyg’un xamoxang bo’ladi. Shu tariqa, quvvat avval ultrabinafsha nurlarga aylanadi, so’ng lyuminofor yordamida ko’rinuvchan yorug’likka aylanadi. Turli lyuminoforlar (magniy volfromati, kaltsiy, rux silikat, kadmiy borat va boshqa materiallar) dan foydalangan xolda lampalarga turli rang berish mumkin. Trubkasimon lyuminestsent lampalar bu – past bosimli simob lampalari xisoblanadi.
Lyuminestsent lampalarining ustunligi shundaki, ular katta yorug’lik beradi (750 lmg’Vt), (10000 soat) uzoq xizmat muddatiga ega, elektr quvvati xarajati bo’yicha o’ta tejamqor, uncha katta bo’lmgan ravshanlikka ega, ko’zga salbiy ta’sir etmaydi, eng yaxshi spektral tarkibga egaligi bilan afzal.
Trubkasimon lyuminestsent lampalarning kamchiligi va nuqsonlari: yoqish va yonish rejimini barqarorlashtirish uchun maxsus izga soluvchi apparatura zarur, bu esa ularning ekspluatatsiyasini murakkablashtiradi va ishlab chiqarish maxsuldorligi koeffitsientini pasaytiradi. Lyuminestsent lampadan taralayotgan yorug’lik stroboskopik bo’lmgani bois mashinalarning aylanayotgan qismlari lampa bilan yoritilganda xarakatsiz yoki ko’p ko’rinishi mumkin.Bu effektni o’zgaruvchan tok tarmog’ining turli fazalariga kuchni lampalarning yoqilishi bilan kamaytirish mumkin.
7.3. – rasmda f k 50 Gts zgaruvchan tok tarmog’iga lyuminestsent lampalarni yoqish sxemasi keltirilgan. Gazli razryadning barcha lampalari kabi lyuminestsent lampalar maxsus drosselg’ bilan sekin – asta tarmoqga yoqiladi.
Atrof – muxit xarakatining o’zgarishiga nisbatan katta sezgirlik trubkasimon lyuminestsent lampalarning asosiy nuqsoni xisobo’lanadi. k 50 S dan past xavo xaroratida, shuningdek tarmoqda kuchlanishning lyuminestsent lampaning nominal yoqilishi bilan qiyosiy 10 foizga pasayishi ular yorug’lik bermasligiga olib keladi. Lampa ishining normal rejimi atrof-muxitning 18-250 S xaroratidagina ta’minlanadi. Yuqori xaroratda (30-350 S dan ortiq) lampalardan drossellar qizib ketishi yoki ishdan chiqishi extimoli bois foydalanib bo’lmaydi, bu yong’in xavfsizligi qoidalariga zid keladi.
Xozirgi paytda turli rangdagi 5 turdagi lyuminestsent lampalar chiqarilmoqda: kundzgi lampalar – KL, sovuq-ok - SOL, ok - OL, ilik - ok - IOL, rang uzatish yunalishli lampalar – RUL; rangi bo’yicha KL va RUL qaysidir darajada kunduzgi tabiiy yorug’likka yaqin. IOL rangi bo’yicha chug’lanish lampalariga yaqinroq. SOL va OL lampalar rangi bo’yicha kunduzgi yorug’lik va chug’lanish lampalari yorug’ligi o’rtasidagi Oraliq xolatga uxshash. Ok lampalar ta tejamli, ularning yorug’lik berish quvvati RUL lampalariga qaraganda 60 foizdan ortadi va KL lampalarga nisbatan 30%ga ortiqni tashkil qiladi.
Lampaning yorug’lik oqimi xizmat muddati oxirlab qolganda boshlang’ich xajmidan o’rtacha 56 foizni tashkil qiladi. Nominal axamiyatdan tarmoqdagi kuchlanishdan tebranishlar oshib ketmasligi kerak.
Past bosimli simob lampalari sanalgan trubkasimon lyuminestsent lampalardan tashqari, sanoatda DRL shakldagi rangi o’zgartirilgan yuqori bosimli simob ballonlari chiqariladi. Yorug’lik manbai (lampa) va yoritish armaturasidan iborat qurilmani yoritish asbobi deb atash qabul qilingan. Yoritish asboblarining 2 guruxi mavjud: yaqin ta’sir etuvchi-yoritgich va olis ta’sirchan-projektorlar.
Yoritgichlar (svetilg’nik) yorug’lik tarqatishiga qarab, 3 sinfga bo’linadi:
· to’g’ri yorug’lik – butun yorug’lik oqimining 90% dan kam emas, quyi yarim sferaga nurlanadi;
· aks etgan yorug’lik – 90% dan kam bo’lmgan butun yorug’lik oqimi ustki yarimsferaga nurlanadi.
· tarqoq yorug’lik – yorug’lik oqimi ikkala yarimsferalar bo’yicha shunday taqsimlanganki, ulardan biriga 10% dan ziyodi, boshqasiga kamida 90 foizi nurlanadi.
Yoritgichlarning asosiy xarakteristikasiga yorug’likni taqsimlash, foydali koeffitsient va ximoya burchagi kiradi.
Yoritgichning foydali xarakat koeffitsienti uning tejamliligi bilan ifodalanadi va Fyor – yoritgichning yorug’lik oqimining undagi Fyor yorug’lik manbaining nisbati bilan belgilanadi, ya’ni yoritgichning eng yaxshi namunali foydali xarakat koeffitsienti (FXK) 0,8 dan ortiqni tashkil qiladi.
Yoritgichning ximoya burchagi ko’zni lampaning yorkin qismlari ta’siridan ximoyalash darajasini belgilamaydi.
Bunda:
h – lampa qizdirgan tanadan yoritgichning chiqish teshigi darajasiga qadar masofa, mm;
r – tananing qizib ketishidan chiqadigan radius, mm;
R – yoritgichning chiqish teshigi radiusi, mm.
Ximoya burchagi kattaligiga qarab, ko’zni qamashtiruvchi ta’sirni cheklash talablaridan kelib chiqqan xolda, yoritgichning osma balandligini meyorlaydilar. Ximoya burchagi qanchalik katta bo’lsa, yoritgichning ko’zni qamashtiruvchi ta’siri shuncha kam bo’ladi. 10dan 300 gacha ximoya burchagi optimal (ma’qul) xisoblanadi. 200 Vt dan ortiq quvvatli lampali yoritgichlar pol satxidan 3 m yuqorida osilishi lozim. 100 kam ximoya burchagida osma balandligi 4 m dan kam bo’lmasligi lozim.
Yoritgichlarning joylashuvi imkon qadar teppa-teng bo’lishi kerak. Ish maydoni uzra yoritgichning osma balandligida Nr 2 yoritgich o’rtasidagi masofa tanlanadi,
N (1,5-2) ga teng bo’lishi kerak.
Avariya yoritilishini davom ettirish uchun yoki to’satan ishchi yoritilish uchib qolganda, insonni xavfsiz joyga ko’chirish zarur bo’lgan xolatlarda, binolar va Ochiq makonlarda ko’zda tutilgan bo’lishi lozim. Ishni davom ettirish uchun avariya yoritilish avariya rejimida xizmat talab etuvchi ish yuzalarida 1 gina umumiy chug’lanish lampalari yordamida yoritilish tizimida belgilangan meyorlardan 20 foiz kam bo’lmgan yorug’likni ta’minlashi lozim.
Avariyali yoritilish avtomatik tarzda yoqiladi va o’zgaruvchan tok tarmog’idan ishchi yoritilish bilan 1 vaqtda ishlaydi, tashqi akkumulyator batareyalari yoki aloqa korxonalarining zaxira elektr stantsiyalaridan oziqo’l anishga ulanadi.
Insonlar evakuatsiyasi uchun avariyali yoritishni qo’l yordamida yoqishga ruxsat beriladi. Pol satxida va zinapoyalar pog’onalarida asosiy o’tish liniyalari bo’yicha yoritish kamida 0,3 lk bo’lishi, Ochiq joylarda-kamida 0,2 lk bo’lishi zarur. Jamoatchilik binolarining chiqish eshiklarida (1 vaqtning o’zida 50 dan ortiq kishi bo’lishi mumkin). Chiqishda yonuvchi ko’rsatkichlar bo’lishi lozim.
Avariyali yoritish uchun ishchi yoritgichlardan yoritish tipi, xajmi yoki maxsus belgilari bilan farqo’l anadigan yoritgichlar qo’llaniladi. Antenna maydonlarini yoritish va radiomachtalarning signal yoritilishi maxsus yuriqnoma talablariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
Nazorat savollari
1. Sun’iy yoruglik xaqida nimalarni bilasiz?
2. Yoruglikni tashkil kilish turlari va tizimlari nimalardan iborat?
3. Yoruglikni normalashning kanday usullari mavjud?
4. Yoruglikni ulchash asbobo’lari xaqida mahlumot bering?