DINNING IBTIDOIY FORMALARI
MILLIY DINLAR

«Olloh barchamizning qalbimizda, yuragimizda. Yaratganni doimo yod etamiz, undan madad so‘raymiz. Binobarin, islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgan. Bu - inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat».

Islom Karimov



«Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko‘zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘p-ko‘p muhim masalalardan iborat. ...Endigi eng dolzarb vazifamiz – bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat». «Milliy g‘oya, milliy mafkurani ishlab chiqish, uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg‘or vakillari, kerak bo‘lsa mutafakkirlari, xalq va Vatan ravnaqi uchun hayotini bag‘ishlaydigan fidoiy ziyolilar mehnat qilishi lozim». Darhaqiqat, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, biz ziyolilar oldiga qo‘yilgan vazifalar juda ulkan bo‘lishi bilan birga juda mas’uliyatli hamdir. Chunki, «amaldagi davlat va jamiyatimiz qurilishida, iqtisodiyotimiz va ma’naviyatimizni shakllantirishda mutlaqo yangi-yangi qadamlar qo‘yilmoqda, zamon talablariga hamohang o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, ammo maktab va o‘quv yurtlarida bolalarimizga, ertaga bizning o‘rnimizni bosishi lozim bo‘lgan o‘z farzandlarimizga daqqiyunusdan qolgan darslik va kitoblar asosida bilim va tarbiya bermoqdamiz. Bundan achinarli holatlarga barham berish vaqti keldi». Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. SHu sababdan mazkur fan bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish zaruriyati muhim masalaga aylandi. Ushbu ma’ruza matnlari to‘plami, biz ziyolilar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yo‘lidagi amalga oshiriladigan ishlarning debochasidir. Bu ishni amalga oshirishda chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislarning ilmiy tajriba va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga dinning kelib chiqishi, evolyusiyasi, hozirgi davrdagi holati, insoniyat hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi hududida VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi sababli uning shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qo‘shgan hissasi xususida yoshlarni ilmiy, falsafiy bilimlar bilan qurollantirish ko‘zda tutiladi. Milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘unlashishi, hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyati tushuntiriladi. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunga erishishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. Dinshunoslik fanini o‘qitish va o‘rganishning vazifasi quyidagilardan iborat: - dinshunoslikni o‘qitish va o‘rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilinadi; - talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, diniy his-tuyg‘ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Dinni qo‘pol (ateistik ruhda) tanqid qilish yoxud diniy va’zxonlik qilish, bir dinni ikkinchi dindan ustun qo‘yish qonunga zid ekanligi e’tiborga olinadi; - dinshunoslikdan ma’ruza, amaliy (seminar) mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat o‘quv qo‘llanmasi, risolalarda muayyan mavzuga oid keltirilgan g‘oya, fikr-mulohazalar bilan chegaralanmasdan, balki diniy matnlar, birlamchi manbalar, mazkur din muqaddas kitoblari asosida tahlil qilinmog‘i maqsadga muvofiqdir; - talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o‘zlashtirishlariga erishish ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, olgan bilimlari asosida konkret voqea va hodisalarga nisbatan ongli ravishda o‘z shaxsiy fikrlariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi; - ushbu fan talabalar yoki boshqa shaxslar muayyan xatti-harakatlarining davlat qonunlariga, vijdon erkinligi tushunchasiga mos yoki mos emasliklarini aniqlash imkoniyatini shakllantirishi lozim; - mustaqil O‘zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligi talabalarga tushuntiriladi. Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni siyosiylishtirishga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini uqtirish kursning asosiy va muhim vazifalaridan biridir.

BUDDAVIYLIK
ISLOM DINI
ISLOMNING ASOSIY  MANBALARI
 

 Muallif: katta o`qituvchi Azizova M.A.