qidiruv
rus

TATU kutubxona


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot - resurs markazi


Uyga
Axborot-resurs markazi xaqida
Hizmat ko`rsatish
Manbalar
Internet manbalariga yo`l ko`rsatish
Qo`shimcha manbalar
Adabiyotlarni berish


Adabiyotlarni berish TATU kutubxonasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, buni hizmat ko`rsatish bo`limi bajaradi. Kitob berish ikki xil turga bo`linadi: adabiyotlarni uyga berish va ularni qiroatxonalarda foydalanish. Kitoblarni uyga O`quv adabiyotlar abonementi, Badiiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar abonementi, Ilmiy adabiyotlar abonementi va Chet el adabiyotlar xonalarida uyga beriladi. Adabiyotlarni kutubxonada foydalanish uchun 4 ta qiroatxona jihozlangan: O`quv adabiyotlar qiroatxonasi, Yangi yagona nusxada bo`lgan va yuqori darajada so`raladigan adabiyotlar qiroatxonasi, Davriy nashrlar zali va Talabalar uyidagi qiroatxona. Beriladigan adabiyotlar, abonementlar va qiroatxonalarning ish tartibi bilan Hizmat ko`rsatish bo`limi da tanishish mumkin.

Har qanday talaba, o`qituvchi yoki xodim kutubxonadan foydalanish xuquqiga ega, faqat foydalanuvchi yonida kitobxonlik guvohnomasi bo`lishi va kutubxonadan foydalanish qoidalariga rioya qilishi sharti bilan foydalanishi mumkin. Talabalar O`quv adabiyotlar abonementida (219-xona), o`qituvchilar, xodimlar va aspirantlar esa Ilmiy adabiyotlar abonementida (217-xona) kutubxonaga a`zo bo`lishligi mumkin. Buning uchun guvohnoma yoki talabalik guvohnomasi va 3x4 sm xajmdagi 2 ta rasm bo`lishi kerak.

U yoki bu kitobni olish uchun kitobxon kitob shifrni an`anaviy (219-xona) yoki elektron (220, 215, 213, 207-xonalar) kataloglardan topishi kerak. Shifrni topib, kitob muallifi va nomini yozib olish yodingizdan chiqmasin. Agar katalogdan topishga qiynalsangiz, xonadagi navbatchi kutubxonachiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kitobxon toifasiga va adabiyot turiga qarab adabiyot berish muddati va qoidasi o`zgartirilishi mumkin va bu xaqida kutubxonadan foydalanish qoidasi dan bilib olishingiz mumkin.


so`ngi yangilangan sana: 23.11.2017