qidiruv
rus

TATU kutubxona


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot - resurs markazi


Uyga
Axborot-resurs markazi xaqida
Hizmat ko`rsatish
Manbalar
Internet manbalariga yo`l ko`rsatish
Qo`shimcha manbalar
Umumiy ma`lumot


└§borot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo`yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo`lgan. Shu yilning o`zida Toshkentning kitob do`konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o`qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko`rsatar edi.
Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 mingdan ziyod kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko`rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o`qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o`quv yurtlari talabalari va o`qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an`anaviy, ya`ni qog`ozda tashuvchi va elektron ma`lumotlardan iborat.
Kutubxona fondi bugungi kunda 339 ming nusxa atrofida bo`lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, tashkil etadi. Fondning 61% o`quv adabiyotlar 37% - ilmiy, 2% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 13 ming kitob oladi.
 Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:

  • oyda ikki marta Kafedra kunlari uyushtiriladi;
  • mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko`rgazmalari o`tkaziladi;
  • har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
  • 1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o`tkazadi;
  • 1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko`rish, ma`lumotli sharhlar olib boriladi;
  • RDHK tizimida 10 abonementga oliy maktab muammolari bo`yicha 21 mavzuda va boshqa ma`lumotlar bilan ta`minlaydi.

Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an`anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo`yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo`yicha mavzuli kartotekalari bo`yicha keng ma`lumot apparati mavjud.
Hozirgi kunda ARM 6200 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatadi.
ARM ning umumiy fondi 44 435 nomda 339 256 nusxadan bo`lib, ulardan:

  • ilmiy adabiyotlar 25 837 nom/113 734 nusxa;
  • darsliklar 1462 nom/38446 nusxa;
  • o`quv qo`llanmalar 3164 nom/158 657 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 11 022 nom/152 67 nusxani tashkil etadi.

davlat tilida 6209 nom/85 663 nusxada
shundan:

  • ilmiy adabiyotlar á2273nom/17589 nusxa;
  • darsliklar 477nom/15615 nusxa;
  • o`quv qo`llanmalar 1553nom/39593 nusxa;
  • badiiy adabiyotlar 1507 nom/3793 nusxa.

Elektron hujjatlar fondi 26894 nomda bo`lib

  • shulardan elektron darsliklar 3736
  • elektron o`quv qo`llanmalr 6352
  • elektron ilmiy adabiyotlat 13452
  • elektron xorijiy adabiyotlar 1450

 



so`ngi yangilangan sana: 11.03.2020