[Orqaga]  [Bosh sahifa]  [Mundarija]  [Keyingi sahifa]           [Kirilchaga o'girish ]

 

7 – Mavzu. Raqobat va korxona foydasi. Bozor tuzilishi, uning shakllari va mohiyati.

7 – mavzu: Raqobat va korxona foydasi.

Bozor tuzilishi, uning shakllari va mohiyati

 

         Har bir tarmoq iqtisodiyotini o’rganish, tahlil qilish yo’lidagi har qanday harakat cheksiz va bajarilishi mumkin bo’lmagan vazifa bo’lur edi.  SHuning uchun biz bu erda haqiqatga yaqinroq bo’lgan ya’ni bir necha asosiy bozor tuzilishini yoki modelini aniqlash va muhokama etish maqsadini qo’yamiz. SHu yo’l bilan biz iqtisodiyot holatini ifodalovchi ko’pgina bozor tiplarida baho va ishlab chiqarish hajmini aniqlovchi umumiy usullar bilan tanishib chiqamiz.

 

         Iqtisodchilar bir-biriga uncha o’xshamagan to’rt xil bozor sharoitini farq qiladilar:

1.     Sof raqobat.

2.     Sof holdagi yakka hokimlik.

3.     Monopol sharoitidagi rakobat.

4.     Oligoapoliya.

5.      

Absolyut (mutloq) yoki sof holdagi yakka hokimlik mahsulot ishlab chiqarishda firma (yoki korxona) yagona bo’lganda amal qiladigan raqobatdir. Sof yakka hokim bu bitta firma yoki korxonadan iborat tarmoqdir. Bunday tarmoqqa boshqa qo’shimcha firmalarning kirishi man qilingan bo’ladi. SHundan ma’lumki, yakka hokimning mahsuloti uning o’rnini almashtira oladigani yoki yaxshiroq’i bo’lmaganligi tufayli yagonadir.

YAkka hokimlik raqobati nisbatan ko’proq bo’lgan kichik ishlab chiqaruvchilarni aynan xuddi shu tovar turini emas, balki o’xshash mahsulotni taklif etilishini nazarda tutadi.

Oligoapoliya:

         Qayta ishlash, qazib chiqarish va shuningdek ulgurji savdo tarmoqlarining ko’plarida bir nechta firmalar hukmron bo’lganda, bunday tarmoqlar oligoapoliya deb ataladi.

         Oligoapoliyaning eng muhim tomoni sotuvchilarning kamligi. Tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kamroq firmalar hukmron bo’lganda, tarmoq oligoapoliya tarmoq’i bo’ladi. «Bir nechta firmalar» deganda biz nimani nazarda tutamiz? Buni aniq aytish qiyin, chunki oligoapoliyaning bozor modeli, bir tomondan, sof yakka hokimlik bilan, ikkinchi tomondan, yakka hokimlik raqobati oraliq’idagi keng doirani kamrab oladi. Masalan, oligoapoliya AQSH qo’rq’oshini sanoatini o’z ichiga oladi, unda milliy bozorning hammasida atigi uchta firma hukmronlik qilish qobiliyatiga ega. Oligoapoliya o’rtacha shaharning neft mahsulotlari bozorining yarmini 10 yoki 15 ta benzin to’ldirish stantsiyalari egallashi mumkin. Oligoapoliya o’xshash (bir xil) yoki differentsiyalashtirilgan bo’lishi mumkin, ya’ni oligoapoliya sanoatida standartlashtirilgan yoki differentsiyalashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi mumkin.

Ko’pgina sanoat korxonalari: qo’rq’oshin, rux, po’lat, mis, tsement, texnik spirt va boshqalar fizik ma’noda standartlashtirilgan mahsulotlar hisoblanadi va oligoapoliya sharoitida ishlab chiqarilgan. Boshqa tomondan oladigan bo’lsak, kupgina iste’mol tovarlari – avtomobillar shinalari, kir yuvish vositalari, sigareta, uy-ro’zq’or va elektr asboblari, choy ichish uchun jo’xori va arpa bodroqlari hamda boshqalarni ishlab chiqaruvchi ko’pgina tarmoqlar differentsiyalashtirilgan oligoapoliya bo’ladi.

         Oligoapoliya bozorlarida bir – birlari bilan atigi bir nechta firmalar, korxonalar raqobatlashadilar va bunday bozorlarga yangi firmalarning kirib qo’shilishi ancha qiyin. Monopol hokimlik va foyda sanoatning oligoapoliya tarmoqlarida qisman firmalarning o’zaro boq’lanib ishlashiga boq’lik bo’ladi. Masalan, agar aloqadorlik raqobatga emas, hamkorlik qilishga yo’naltirilgan bo’lsa, u holda firmalar mahsulot bahosini pirovard xarajatlardan yuqori qo’yib ko’proq foyda olishlari mumkin. Nima uchun bunday bo’layotganligini bilish uchun biz oligoapoliya firmalarining mahsulot hajmi va bahoning shakllanishi bo’yicha qabul qilayotgan qarorlarini (choralarini) o’rganishimiz zarur.

 

Monopol raqobat va korxona foydasi

 

         Monopol (yakka hokimlik) raqobati deganda, differentsiyalashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishda ishtirok etib, o’zaro yashirin ittifoq tuzmagan, nisbatan ko’p firma yoki korxonalardan iborat bo’lgan tarmoqlar tushuniladi.

YAkkahokimlik va sof raqobatlar o’rtasida ancha katta farq bor. Manopol raqobat uchun yuz yoki mingta korxona (firma) larning bo’lishi shart emas, nisbatan ko’proq, masalan 25, 35, 60 yoki 70 ta bo’lsa ham etarli bo’ladi.

         Firmalarning bunday miqdorlarda bo’lishidan yakkahokimlik raqobatining bir nechta belgilari kelib chiqadi.

         Birinchidan, har bir firma butun bozorning nisbatan uncha katta bo’lmagan salmoq’ini (qismini) egallaydi va shuning uchun uning bozor bahosi ustidan nazorati cheklangan bo’ladi. Bundan tashqari, firmalar sonining nisbatan ko’pligi ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash va bahoni yashirincha kelishib harakat qilishlariga yo’l qo’ymaydi.

         Ikkinchidan, tarmoqda firmalarning ko’pligiga qaramay, ular orasida o’zaro boq’liklik sezilmaydi; har bir firma u bilan raqobatlashayotgan boshqa firmalarning reaktsiyasini hisobga olmay o’z siyosatini belgilaydi.

         Uchinchidan, qandaydir firma mahsulot bahosini kamaytirish yo’li bilan uning sotilishini 10 –15 foizga oshirish uning 20, 40 yoki 60 ta raqobatchilariga juda kam ta’sir etadiki, haqiqatda ularni mahsulot sotish hajmi o’zgarishga ta’siri sezilmaydi ham.

         To’rtinchidan, mahsulot differentsiyasi yoki mahsulot sotuvchilarni ko’pligi.

         Sotuvchilar monopol raqobat sharoitida nisbatan bir –birining o’rnini almashtiradigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi nisbatan ko’p miqdordagi raqobatchilar bilan to’qnashadilar. Bunda talab egri chiziq’i ma’lum darajagacha elastik (o’zgaruvchan) bo’ladi (15 –chizma).

         Korxonaning talab egri chiziq’i o’zgaruvchanligi monopol raqobat sharoitida raqobatchilar soniga va mahsulotning differentsiatsiyalanish darajasiga boq’lik bo’ladi.

         Qisqa davr oraliq’ida korxona chegaraviy xarajatlar (MS) va chegaraviy daromad (MR) egri chiziqlarining kesishi bilan ifodalangan hajmda mahsulot ishlab chiqarishi (Q) bilan o’z foydasini maksimal darajada oshirib boradi. Agar qisqa davir mobaynida foyda ko’riladigan bo’lsa, bunday iqtisodiy foydalilik raqobat qiluvchi yangi korxonalarning shu sanoat qarmoq’iga kelib qo’shilishini jalb etadi. U holda yangi raqobatchilarni paydo bo’lishi natijasida dastlabki korxonaga tegishli bo’lgan 15 – chizmaning holati pastga tushadi (chapga suriladi) va ancha o’zgaruvchan bo’lib qoladi (16 –chizmadagi holatga qaralsin). Bunday bozor holati iqtisodiy foydalilikning kamayib borish tendentsiyasiga (qonuniyatiga) ega bo’ladi. Natijada 17 – chizmadagi holat yuz beradi va korxona muvozanat (MR=MC) holatiga tushadi. Korxona shunchaki o’z xarajatlarini qoplab qo’ya qoladi, ya’ni zararsiz ishlagan bo’ladi; baho chegaraviy xarajatlardan ortib ketadi, ishlab chiqarish hajmi bir muncha kamayadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning shu 17 – chizmadagi hajmidan har qanday chetga chiqish o’rtacha xarajatlarni ATS navbatida korxonaga zarar keltiradi – 17-chizma yana 16-chizma holatiga qaytadi. SHunday qilib, xulosa qiladigan bo’lsak foyda ko’raman deb (15) tarmoqqa qo’shilgan yangi korxonalar raqobatchilik mobaynida tugatilib ketadi. Ko’rilgan zarar (16) korxonalarning normal foyda olishga erishmagunlaricha tarmoqdan yoppasiga (ko’plab)  chiqib ketishlariga olib keladi. Qisqa davrda zarar ko’rilganda (16) asta – sekinlik bilan uzoq davr mobaynida korxonalar tarmoqdan ajralib chiqa boshlaydilar. Bunda raqobatchi mahsulot xillari kamayib korxona bozordagi talabning ko’prok qismini egallay boradi va asta –sekin uning zarari o’rnini normal foyda egallaydi. YUqoridagi fikr –mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, yakka hokimlik raqobati sharoitida ishlab chiqaruvchilar uzoq davr mobaynida muvozanat (MRqMC) holatida uzoq saqlanib turishni, ya’ni faqat normal foyda ko’rishni yoki foyda ko’rmaslikni xohlamaydilar. SHu tufayli ular mahsulot bahosini raqobat bahosidan ancha yuqoriroq belgilashga majbur bo’ladilar. Ular kelajakda maksimal foyda ko’rish choralarini ko’radilar. Buning uchun nima qilish kerak? Javob mahsulotni differentsialashtirishda buladi.

         Mahsulotni differentsialashtirish har qanday holatda iste’molchiga turli xildagi mahsulotning ko’p tipdagi, markadagi va sifatdagilarini taklif etilishini bildiradi.

         Avval ishlab turgan korxona yoki firma reklama va mahsulotni iste’molchiga etkazish, mhsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish usuli bilan foyda, mahsulot sifati, uning navlarini kengaytirish ko’rsatkichlari bo’yicha raqobatchilari unga etib olmasligiga harakat qiladi. Albatta, mahsulotni takomillashtirish va reklama firma xarajatlarini oshiradi. Ammo uning mahsulotiga bo’lgan talab ham oshadi ... Natijada firma foyda ko’rish bo’yicha o’z holatini yaxshilab olishi mumkin.

         SHunday qilib xulosa qiladigan bo’lsak, monopol raqobat sharoitidagi tarmoqda bozor mexanizmi foydasiz bo’lib chiqadi. Bunga sabab: birinchidan, sof raqobatlashadigan bozor bahosidan farq qilgan holda monopol bozoridagi muvozanat baho pirovard xarajatlardan ortib ketadi. Bu degani xaridorlar iste’mol qiladigan qo’shimcha birlik mahsulot uchun to’lanayotgan haq uni ishlab chiqarish xarajatlaridan ortib ketadi. Ikkinchidan, monopol raqobat bozoridagi firmalar o’z ishlab chiqarish kuvvatlaridan to’liq foydalanmaydilar, quvvatdan foydalanish rezerviga ega bo’ladilar. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi mo’ljallanganidan kam bo’ladi.

         Quvvatdan to’liq foydalanmaslik oqibatidagi yo’qotishlarni (isroflarni) mahsulot narxlarini oshirish yo’li bilan qoplamoqchi bo’ladilar. Bularning hammasi monopol raqobatlashishning xarajatlari hisoblanadi. SHuning uchun shunday rezerv quvvatlarning bo’lishi samarasizdir. Rezerv quvvatni ishga tushirish uchun tarmoqdagi firmalar sonini kamaytirish lozim.

         SHunday ekan, davlat boshqaruvi lozim bo’lgan monopol raqobatlashishning ijtimoiy zaruriyati bormi yoki yo’qmi? Albatta, zaruriyati bor. Sabab:

1.     Ko’pgina bozorlarda yakka hokimlik ulkan darajada emas, demak ko’rilgan sof zarar ham, natijada rezerv quvvati zam unchalik katta bo’lmaydi.

2.     Bozor mexanizmining samarasizligi yakka hokimlik raqobatining muhim afzalligi bo’lgan tovarlar assortimentining kengligi hisobiga qoplanib ketadi.

Firmalar monopol raqobat sharoitida haqiqatda maksimal foyda ko’rish choralarini qidirishda o’zgarib turuvchi uch xil omillar bilan ish ko’rishi lozim: baho, mahsulot va reklama tashviqot faoliyatlari. Firma bu omillarning maksimal foyda beradigan eng optimal kombinatsiyalarini topishi zarur.

 

Korxonalarni  oligoapoliya sharoitidagi

xatti - harakatlari

 

Uncha yirik bo’lmagan firma yoki korxonalar o’rtasidagi raqobat ularni o’zaro boq’liqlik omilini keltirib chiqaradi. Masalan, qandaydir uch xil A, B, V firmaning har biri ma’lum tur mahsulot bo’yicha bozorning uchdan bir qismini egallagan deylik. SHunda agar A firma tovar narxini tushirsa, uni bozordagi salmoq’i ortadi.

Lekin A firma tomonidan narxning tushirilishi B va V firmalar holatiga to’q’ridan-to’q’ri, ko’prok va yoqimsiz ta’sir etadi. Demak, biz B va V firmalar tomonidan A firmaning xatti-harakatiga ma’lum darajada reaktsiya bo’lishini kutamiz. B va V firmalar ham o’z tovarlari narxini A firma tovari narxiga muvofiq yoki undan ham past darajada sotib, shu bilan baho urushiga kirishlari mumkin.

Oligoapoliya tarmoq’ida hech qanday firma uz raqobatchilarining javob berish harakatlarini hisobga olmay turib o’zining baho siyosatini o’zgartirmaydi. Oligoapolist uchun baho belgilashda eng muhimi – xarajatlar va talab va shu bilan birga raqobatchilar reaktsiyasidir.


Bu erda oyinchilar oz xattiharakatlarini raqiblarining harakatlari va kutilayotgan reaktsiyalariga muvofiqlashtirib tanlab olishlari zarur. SHuni ta’kidlash kerakki, kamchillik va firmaga shundan kelib chiqadigan raqiblarining uning baho siyosatini o’zgartirgan choq’dagi xatti-harakatlari, javobi imkoniyatlarini tosh-toroziga qo’yish zaruriyati oligoapoliya siyosatining yagona xususiyatidir. Haqiqatda ham, oligoapoliyaning yashashini aniqlashning eng ko’p to’q’ri keladigan ta’rifi qo’yidagicha bo’ladi:

Oligoapoliya, tarmoqda firmalar soni shuncha kam bo’lganda amal qiladiki, bunda har biri o’z baho siyosatini shakllantirganda raqobatchilar tomonidan bo’ladigan reaktsiyani e’tiborga olish zarur. Xulosa: oligoapoliya bir xil yoki differentsiyalashtirilgan mahsulot bozorida kam miqdordagi firmalar hukmron bo’lganda amal qiladi. Oligoapoliya tarmoqqa kiruvchi firmalar qo’shilib ketganda va turli xil xalal beruvchi to’siqlar tufayli tarkib topadi, masalan, foydalilik ko’lami, patentlar yoki xomashyoga egalik qilish. O’quv qo’llanmasining «Ishlab chiqarish xarajatlari» mavzusida foydalilik ko’lamini eslang.

Etarli darajadagi ishlab chiqarish samaradorligini faqat ishlab chiqaruvchilar soni kamroq bo’lgandagina ta’minlash mumkin, boshqacha qilib aytsak, samaradorlik har bir firmaning ishlab chiqarish quvvati umumiy bozorning kattagina salmoq’ini egallashini talab etadi. Demak, ishlab chiqarishni ATS-2 gacha kengaytirish lozim.

         Ayrim firmalar tomonidan samaradorlik ko’lamini ta’minlash ularni bir vaqtda inqirozga uchrashi yoki qo’shilib ketishi natijasida raqobatchi ishlab chiqaruvchilar sonining kamayib ketishini taqozo etadi.

         Firma foydasini maksimal darajada oshiruvchi, juda bo’lmaganda baho va ishlab chiqarish hajmini nazariy jihatdan aniqlash uchun firma o’z raqobatchilarining javob berish harakatlariga ishonch hosil qilishi lozim.

         Agar firma bunga ishonmasa, u holda oligoapoliya to’qnashib turadigan talab va pirovard daromadning bo’lishi ham mumkin emas.

         Demak, umumiy o’zaro boq’liqlik, shart-sharoitlarni yanada ko’prok murakkab qilib qo’yadi.

         Lekin shunga qaramay oligoapolik bahoni shakllantirish ikkita o’zaro boq’liq tomonlarga ega:

         1. Oligoapolist bahosining o’zgaruvchan emasligi, ya’ni ular sof va yakka hokimlik raqobati sharoitidagiga qaraganda kamroq o’zgaradi.

         2. Oligoapolist bahosi o’zgarganda hamma firmalar birgalikda o’z baholarini o’zgartiradilar.

         Oligopolist bahosining bunday harakati baho tayinlashda va uni o’zgartirishda kelishib ishlashni raq’batlantiradi.

         Amerika olimi SHumpeter – Gelbreyt fikricha, bozor hukmdori bo’lgan yirik oligoapolik firmalar. Bunga sabab:

1.     Fan-texnika yutuqlariga jadval sur’atlarda erishish uchun, chunki ularni kiritish ancha qimmat turadi.

2.     Tarmoqqa kirishga xalal beruvchi to’siqlar mavjudligi, oligoapolistni foyda ko’rishga va bu foydaning bir qismini milliy tadqiqot, loyiha-konstruktorlik ishlariga ajratish mumkinligiga ishontiradi.

Katta bo’lmagan raqobatchi firmalar mablaqqa ega emaslar, ularda texnikaviy taraqqiyot uchun ham qiziqish yo’q.

Ammo olimlarning, oligoapolistlar yangiliklarga va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga xalal beradilar, degan qarama-qarshi fikrlari ham bor. Odatda, ancha yirik korporatsiyalar yangi turdagi mahsulotini o’zlashtirishga harakat qilmaydilar, chunki bu ishlar ular texnikasining ma’naviy eskirishga olib keladi. Bunga hayotda misollar juda ko’p.

Ixtirolarning 61 tasidan 40 tasini katta bo’lmagan va o’rtacha firmalar yaratganlar.

Havoni kondensionerlar yordamida tozalash, sharikli ruchka, tsellofan, reaktiv dvigateli, insulin, kserografiya, vertolyot, neftni katalitik kreking usulida tozalash sohasidagi yutyuqlarning ko’plari mustaqil, erkin bo’lgan ixtirochilar aqli bilan kashf etilgan. 

 

Tayanch iboralar

-sof raqobat

-korxona sof daromadi

-korxona foidasi

-oligopoliya

- monopoliya

- yalpi maxsulot yalpi daromad

-ishlab chikarish rentabelligi.

 

 

Nazorat va muloxaza savollari

1. Rakobat nima va u nima uchun kerak?

2. Rakobatni kanday turlari bor?

4. Mnopoliya, monopsoniya, oligapoliya deganda nimani tushunasiz?

5. Erkin rakobat sharoitlari kanday?

6. Monopol korxona rakobatda beladimi?

7. Mnopol korxonaning rakobatda bulishiga majbur etadigan shartlar?

8. Oligopoliya nima va qaysi sharoitlarda o’zini namoyon qiladi.

 

Adabiyotlar

1. Pindak R. Daniel R. «Mikroekonomika» M. 1992

2. Xamdamov K. Maxmadiev U.  «Mikroiktisod» T. 2000

3. Rinochnaya ekonomika, kol. avtorov, M. 1992. tom-1, chast 1

4. Ulmasov A. «Iqtisodiyot asoslari» T. 1997

 


[zofa714@list.ru]
Darslik bo'yicha mulohazalaringiz bo'lsa muallifga hat yuborishingiz mumkin!