[Orqaga]  [Bosh sahifa]  [Mundarija]  [Keyingi sahifa]           [Kirilchaga o'girish ]

 

6-Mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari. Xarajatlar to’q’risida tushuncha.

6-mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari.

Xarajatlar to’q’risida tushuncha

 

         Korxona, firmaning bozorga mahsulot etkazib berishdagi qobiliyati va intilishini belgilovchi eng muhim omillardan biri bu ishlab chiqarish xarajatlaridir. Har qanday tovarni ishlab chiqarish o’zining nisbatan kamyobligi tufayli ma’lum bahosiga ega bo’lgan iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Korxona yoki firma bozorga chiqarishga intilgan qandaydir tovarning miqdori, bir tomondan, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan bahoga (xarajatlarga) va resurslardan  foydalanish samaradorligiga boq’lik bo’lsa, ikkinchi tomondan, bozorda sotiladigan tovarning bahosiga boq’liq bo’ladi.

         Iqtisodchilar xarajatlarga barcha to’lovlarni – tashqi va ichki to’lovlarni, oxirgisiga normal foydanihxam qo’shib hisoblaydilar. Ular resurslarni mo’ljallangan faoliyat doirasida to’plash va saqlash uchun zarur bo’ladilar. Agar buxgalterni firma yoki korxonaning moliyaviy balansi qiziqtirsa hamda u aktiv va passivni nazorat qilib borsa, korxona (firma) ning o’tgan davrlardagi faoliyati foydaliligini baholasa, iqtisodchilar va korxona rahbarlari esa aksincha, korxonaning kelajagi bilan qiziqadilar. Ularning oldilarida xarajatlarni qanday qilib kamaytirish va rentabellikni oshirish zarurligi vazifasi turadi. Ular, o’z navbatida, iqtisodiy yoki faqat shu turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xarajatlar bilan qiziqadilar. Bunda shu tovar o’rniga boshqa turdagi alternativ tovar ishlab chiqarish mumkin bo’lmaydi va  ma’lum turdagi resurslar tanlanadi. Natijada firma yoki korxonaning resurslaridan eng yaxshi darajada foydalanish imkoniyatlari saklab qolinadi.

         Iqtisodiy xarajatlar. Hozir ishlab chiqarish xarajatlarini aloxida firma yoki korxona sharoitida o’rganamiz. YUqorida berilgan tushunchalarga asoslanib aytishimiz mumkinki, iqtisodiy xarajatlar – bu firma yoki korxona to’lash shart bo’lgan to’lovlardir yoki korxona (firma) resurslarni alternativ ishlab chiqarishlarda foydalanishdan korxona o’ziga jalb etish uchun resurslarni etkazib beruvchilarga ko’rsatish shart bo’lgan foydadir. Bunday to’lovlar yo tashqi, yoki ichki to’lovlar bo’lishi mumkin. Korxona (firma)ning o’z hisobidan mehnat resurslari, xom ashyo, yoqilq’i, transport xizmatlari, energiya va boshqalar bilan ta’minlovchilar foydasiga beradigan pul to’lovlari, ya’ni pul xarajatlar – tashqi xarajatlar deb ataladi. Boshqacha so’z bilan aytsak, tashqi xarajatlar shu korxona (firma)ga egalik qilmaydigan ta’minlovchi tashkilotlarning resurslari uchun to’lovlardan iboratdir. 

         Ammo korxona bulardan tashqari, faqat o’z ixtiyorida bo’lgan ma’lum xil resurslardan ham foydalanishi mumkin.

         Resurslardan foydalanish bo’yicha bo’ladigan xarajatlar ichki xarajatlar, ya’ni haq to’lanmaydigan xarajatlar deb ataladi.  Korxona nuqtai nazaridan reslar talab etadi.

         Resurslardan foydalanish bo’yicha bo’ladigan xarajatlar ichki xarajatlar, ya’ni haq to’lanmaydigan xarajatlar deb ataladi. Korxona nuqtai nazaridan resurslar eng foydali maqsadlarda ishlatish bo’yicha pul xarajatlarni uning ichki xarajatlariga teng keladi. Masalan, qandaydir savdo magazini egasi uni qurish uchun o’z ixtiyoridagi joydan foydalanadi. Bunda u har oylik reja foydasidan voz kechadi, aks holda u bu joyni boshqalarga ijaraga topshirib, foyda ko’rishi mumkin edi. Yoki boshqa misol olsak, xususiy korxona rahbari menejmentlik sohasidagi xizmatlarini boshqa firmaga topshirib o’z ish haqidan voz kechishi mumkin edi.

 

Qiska muddatli va uzok muddatli davrdagi xarajatlar

 

         Korxona yoki tarmoqning berilgan hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qiladigan xarajatlari ishlab chiqarishda band bo’lgan barcha resurslar miqdorini o’zgartirish imkoniyatlariga boq’liqdir. Foydalaniladigan ko’pgina resurslar miqdori – ko’pincha jonli mehnat turlari, xom ashyo, yoqilq’i, energiya va boshqalar – osongina, tez o’zgartirilishi mumkin. Boshqa resurslarni o’zlashtirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Masalan, qayta ishlash sanoati korxonalari, ya’ni uning ishlab chiqarish binolari maydonlari, undagi mashina va dasgoxlarning miqdori uzoq vaqt mobaynidagina o’zgartirilishi mumkin. Ayrim oq’ir sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish quvvatini o’zgartirish uchun bir necha yillar talab etiladi.    

           Qisqa muddatli davr: o’zgarmas quvvatlar. Ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan resurslar miqdorini o’zgartirishga turlicha vaqt ketganligi tufayli,qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlar ajratiladi. Qisqa muddatli davr – bu korxona o’zining o’zgarmas ishlab chiqarish quvvatidan intensiv foydalanish darajasini o’zgartirish uchun etarli miqdordagi davrdir...

Uzoq muddatli davr. O’zgarib turadigan quvvatlar. 

         Amal qilib turgan korxonalar (firmalar) vakillari, rahbarlari nuqtai nazaridan uzoq muddatli davr – bu ancha uzun bo’lgan davr bo’lib, bunda band bo’lgan barcha resurslar va ishlab chiqarish quvvati miqdorini ham o’zgartirish mumkin bo’ladi. Tarmoq nuqtai nazaridan olsak, uzoq muddatli davr shuningdek, o’z ichiga uni tarkibida amal qilib turgan firmalar bo’linib tarmoqni  tark etib ketishi, yangilari esa yaratilib tarmoq tarkibiga qo’shilishi uchun etarli bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Agar qisqa muddatli davr – quvvatlarni o’zgartirish  mumkin bo’lmagan davrdan iborat bo’lsa, uzoq muddatli davr o’zgaruvchan quvvatlar davridir. Mahsulot ishlab chiqarishning kamayib borishi yoki «nisbatlar o’zgarishi» qonuni. 

Bu qonun shuni tasdiqlaydiki, ma’lum vaqtdan so’ng o’zgaruvchan resurslar birligini (masalan, mehnatni) o’zgarmas resurslarga  (masalan, er, kapitalga) sarfni oshirib borish har bir keyingi o’zgaruvchan resurs birligiga to’q’ri keladigan qo’shimcha pirovard mahsulotni ishlab chiqarishni kamaytiradi.

         Boshqacha qilib aytsak, agar shu mashinalarda xizmat qiluvchi ishchilar soni oshib borgan sari mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham pasayib bora beradi.

         Masalan, uncha katta bo’lmagan mebel ishlab chiqarish ustaxonasida ma’lum miqdordagi tokarlik, randalovchi, kesuvchi va shunga o’xshash dasgohlar mavjud.

Agar shu firma atigi ikki ishchini ishga jalb etadigan bo’lsa, umumiy ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi darajasi pasayib ketgan bo’lar edi. Bu ishchilar bir ishdan ikkinchi ishga o’tib, ish vaqtini bekor ketkizib yurar edilar va ishlab chiqarish samarador bo’lmay qolar edi. Ishchilar sonini o’stirish bilan bu kamchiliklar bartaraf etilar edi. Dastgohlardan foydalanish tuliq bo’lib, ishchilar aniq operatsiyalarni bajarishda ixtisoslashar edilar, natijada bekorchi vaqtlar kamayib, samaradorlik ortar edi ...

         Ishchilarni keyinchalik yana ko’paytirib borishi ularning ortiqchaligi muammosini keltirib chiqaradi. O’zgarmas ishlab chiqarish quvvati sharoitida har bir ishchiga shuncha kam dastgohlar tugri kelar edi. Ishchilar sonini yanada oshirib borish butun ishlab chiqarishni ular bilan to’ldirib yuborish  bo’lar edi, natijada ishlab chiqarish jarayoni to’xtaydi. Bu qonun bo’yicha demak, chegaraviy mahsulot yo’qolib ketmoqda. Boshqa misol. Bir gektardan olinadigan hosildorlik. Fermerning ixtiyorida o’zgarmas 80 ga eri bor. Fermer shudgorni kultivatsiya qilmasdan har gektardan 40 tsentner hosil oldi deylik. Birinchi ishlov bergandan so’ng hosil gektaridan 50 tsentnerga oshdi. Ikkinchi ishlovdan so’ng hosil 57 tsentnerga, uchinchi ishlovdan so’ng – 61 tsentnerga, to’rtinchidan so’ng – 63 tsentnerga etadi. Dalaga keyingi ishlov berishlar hosildorlikni unchalik oshirmadi. Agar ish boshqacha bo’lganda edi, butun dunyoning donga bo’lgan talabini atigi shu 80 ga erni faqat intensiv ishlash yo’li bilan qondirish mumkin bo’lar edi. Haqiqatda ham, ishlab chiqarishning (natijaning) kamayib borishi ro’y bermaganda edi, butun er yuzini bitta guldon hajmidagi erdan olingan hosil bilan boqish mumkin bo’lardi.  

 

Doimiy, o’zgaruvchan va umumiy xarajatlar

 

         Doimiy xarajatlar deb hajmi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o’zgarishiga qarab o’zgarmaydigan xarajatlarga aytiladi. Doimiy xarajatlar korxona ishlab chiqarish dastgohlarining borligi, amal qilishi bilan boq’liq xarajatlar bo’lib, ular korxona hech narsa ishlab chiqarmasa ham amalga oshiriladi (korxona tomonidan to’lanadi). Odatda, doimiy xarajatlarga qimmatli qoq’ozlar bo’yicha majburiyatlar to’lovi, reja to’lovlari, binolar va dastgohlar amortizatsiyasining bir qismi, suq’urta to’lovlar, korxona mutaxassislarini tayyorlash to’lovlari, rahbar xodimlariga haq to’lashlar kiradi.

 

 

 

O’zgaruvchan xarajatlar

 

         Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining  o’zgarishiga boq’liq holda o’zgaradigan xarajatlar miqdoriga o’zgaruvchan xarajatlar deyiladi. Ularga xomashyo, materiallar, yoqilq’i, energiya, transport xizmatlari, mehnat resurslarining ko’pgina

qismi uchun va shunga o’xshash mehnat resurslari uchun xarajatlar kiradi. SHuni aytish kerakki ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining bir birlikka o’sishi (yoki kamayishi) bilan o’zgarmas xarajatlar summasini o’sishi () doimiy bo’lib qolmaydi. Ishlab chiqarishning ko’payishi jarayonida o’zgaruvchan xarajatlar qandaydir vaqt mobaynida past sur’atlar bilan ortib boradi: shunday holat ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining ma’lum miqdorigacha davom etadi. SHundan so’ng o’zgaruvchan xarajatlar o’ar bir keyingi ishlab chiqariladigan mahsulot uchun yuqori sur’atlarda oshib boradi. O’zgaruvchan xarajatlarning bunday harakati foydalilikning (qaytimni) kamayib borishi qonuni bilan belgilanadi.

 

Xarajatlarning umumiy summasi

 

         Bu iboraning o’zi ko’rsatib turibdiki berilgan har bir ishlab chiqarish hajmidagi doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar – «xarajatlarning umumiy yiq’indisi (summasi) dir».

         Mahsulot birligi uchun to’q’ri kelgan xarajatlar o’rtacha xarajatlardir. Xususan, xuddi xarajatlarning o’rtacha miqdori odatda mahsulot birligi uchun belgilangan baho bilan taqqoslashda ishlatiladi ...

 

Pirovard xarajatlar

 

         Pirovard xarajatlar (MS) deb yana bir mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan boq’liq bo’lgan ortiqcha (qo’shimcha) xarajatlarga aytiladi. Pirovard xarajatlar umumiy xarajatlar yiq’indisi (summasi) o’zgarishining (TS) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining (miqdori) o’zgarishiga Q nisbati bilan topiladi:

         MS q umumiy xarajatlar (TS) ning o’zgarishi 

         ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) ning o’zgarishi.

         Bizning misolimizda  Q - ning o’zgarishi har doim bir (1) ga teng bo’lganligi uchun MS ni biz yana bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar deb qabul qildik. Uchinchi jadvaldan ko’rinib turibdiki dastlabki bir dona mahsulotni ishlab chiqarish umumiy xarajatlarni  100 dollardan 190 dollarga oshiradi. SHuning uchun shu birinchi bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun qo’shimcha yoki pirovard xarajatlar 90 dollarni tashkil etadi. Ikkinchi bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun pirovard xarajatlar  80 dollar bo’ladi  (190+80=270 dol; 270dol – 190 dol); pirovard xarajatlar uchinchi bir birlik maqsulot uchun 70 dol (270+70=340 dol; 340 dol – 270 dol) ga teng bo’ladi va x.k. 

3-jadvalning 8-katagida har 10 birlik mahsulot ishlab chiqarishning pirovard xarajatlari (MS) keltirilgan.

         MS  ni, shuningdek, o’zgaruvchan xarajatlar summasi ko’rsatkichlaridan foydalanib (3-katakda) aniqlash mumkin. CHunki umumiy xarajatlar yiq’indisi bilan o’zgaruvchan xarajatlar yiq’indisi orasidagi farq (4-katak  3-katak) o’zgarmas xarajatlarning doimiy miqdorini beradi. Bizning misolimizda: 100-0=100;  190-90=100;  270-170=100;  340-240=100;  400-300=100 va x.k.  Bundan kelib chiqadiki, umumiy xarajatlar summasining o’zgarishi har doim qo’shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar summasining o’zgarishiga (farqiga) teng bo’ladi.

Masalan, bizning jadvalimiz bo’yicha: 100-190=90:

 270-100=170;  340-100=240;  400-100=300;  470-100=370 va x.k.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7 – rasm. Ishlab chiqarish xarajatlarining turlarga bo’linishi

 

        

         Pirovard xarajatlar  (MS) firma korxonaning oxirgi mahsulot birligini ishlab chiqargan holda qiladigan xarajatlarini ko’rsatadi va shu bilan bir vaqtda shu oxirgi birlik mahsulotga ishlab chiqarish hajmini kamaytirganda oladigan «tejamini» ham ifodalaydi.

O’rtacha xarajatlar bunday ma’lumotlarni bermaydi. Masalan, faraz qilamizki firma yoki korxona rahbari shu oxirgi 3 yoki 4 birlik mahsulotni ishlab chiqarish kerakmi yoki yo’qmi deb o’ylab turibdi, bu to’q’rida hali bir qarorga kelgani yo’q. Jadvaldan ko’rish mumkinki, to’rt (4) birlik mahsulot ishlab chiqarilganda umumiy xarajatlar (ATS) 100 dol. bo’ladi. Lekin firma uni ishlab chiqarish uchun o’z xarajatini 100 dol.  ga oshirmaydi yoki aksincha, to’rtinchi mahsulotni ishlab chiqarmasa 100 dol. «tejab» qolmaydi.

Haqiqatda shu ishlab chiqarish bilan boq’liq xarajatlarning o’zgarishi faqat 60 dol. ni tashkil etadi (340-400=60 dol. 3-jadvaldagi 4 va 8 katakka qarang).

         Mahsulot ishlab chiqarish hajmi to’q’risida, ya’ni firma bir necha dona mahsulotni ko’proq, yoki kamroq ishlab chiqaradimi degan qarorga kelish odatda pirovard xarakterga ega bo’ladi.

         Pirovard xarajatlar mahsulot hajmining bir birlikka ko’payishi yoki kamayishi bilan boq’liq bo’lgan xarajatlarni o’zgarishini ko’rsatadi (8 katak).

         Pirovard xarajatlarni pirovard tushum (mahsulot sotishdan kelgan pul mablaq’lari) bilan taqqoslash, mahsulot hajmining bir birlikka ortishi yoki kamayishi bilan boq’liq tushum o’zgarishini ko’rsatadi va firmaga ishlab chiqarish hajmining u yoki bu tomonga o’zgarishi foydaliligini yuzaga chiqarishga imkon beradi.  

 

Resurslarning taqsimlanishi va ishlab chiqarish imkoniyatlari

 

Mehnat va moddiy resurslarning cheklanganligi tovarlvrni ishlab chiqarishda har qanday kombiniatsiyani amalga oshirishga imkoniyat bermaydi; yoki iqtisodiyotga – bir vaqtning o’zida ham X, xam V turdagi mahsulot ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatini bermaydi. Demak, qaysi turdagi tovarni va xizmatlarni ishlab chiqarish zarur, qaysi turdagilaridan voz kechish lozimligi to’q’risida  bir qarorga kelish kerak bo’ladi.

         Biz avval ko’rganimizdek, haqiqatdan cheksiz bo’lgan talablarni qondirish uchun foydalanish zarur bo’lgan bu resurslar nisbatan kamyobdirlar. SHu tufayli alternativ yo’l bilan ular orasidan eng foydaliligini tanlab olishga to’q’ri keladi. Boshqa turdagi mahsulot miqdorini ishlab chiqarishdan voz kechib har qanday turdagi shu mahsulotning ma’lum miqdorini olish – shu mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi.

         Shunday qilib vaqtning o’zida shu resurs hisobiga ikki turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hajmini oshirib bo’lmaydi. Masalan, «Elektroapparat» ishlab chiqarish birlashmasida elektrostantsiyalar, podstantsiyalar sistemasi va shoxobchalarini boshqarish, avtomatlashtirish, himoya qilish va signallashtirish uchun mo’ljallangan PKR tipidagi panel mahsulotni ishlab chiqarishni har qanday miqdorda oshirish boshqa turdagi uy-ro’zq’orda ishlatiladigan «Osiyo» elektr dazmolini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarning bir qismini jalb etishni talab etadi.

         Aksincha xulosa qilsak ham to’q’ri bo’ladi: agar biz «Osiyo» elektr dazmoli (X) mahsulotini ishlab chiqarishni oshirmoqchi bo’lsak, u holda buning uchun zarur bo’lgan resurslarni PKR panelini (V) ishlab chiqarishni kamaytirish hisobiga olishimiz mumkin. Jamiyat bir-birini inkor qiluvchi maqsadlarni kuzda tutolmaydi.

         Quyidagi 4-jadval ma’lumotlari misolida buni ko’rishimiz mumkin.

Resurslarni to’la bandligi sharoitida «Osiyo» elektr dazmoli va PKR paneli ishlab chiqarish imkoniyatlari

                                                                   4-jadval

 

Mahsulot turi

Ishlab chiqarish alternativi

A    V    S    D    E     

«Osiyo» elektr dazmoli

(yuz ming dona)

PKR paneli (ming dona)

0     1     2     3    4

 

10   9     7     4    0

 

         Alternativ A  ga ko’ra bizning iqtisodiyotimiz o’zining barcha resurslarini PKR panelini ishlab chiqarishga qaratib alternativ E  da esa barcha bor bo’lgan resurslarni «Osiyo» elektr dazmoli ishlab chiqarishga qaratgan (sarflagan). Bu ikki holatda ko’rinib turibdiki, resurslarning taqsimlanishi haqiqatga to’q’ri kelmaydi. Odatda, har qanday iqtisodiyot ishlab chiqarish vositalari va xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun o’zining umumiy resurslarini taqsimlashda  mutanosiblikka (balanslikka) amal qiladi.

         Alternativ A  dan E ga tomon harakat qilinganda iste’mol buyumlari ishlab chiqarish hajmi ortadi. Qanday qilib? Ishlab chiqarish vositalari – PKR paneli ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarni kamaytirib borish yo’li bilan, chunki biz bilamizki, xalq iste’mol tovarlari to’q’ridan-to’q’ri bizning talabimizni bajaradi. SHuning uchun alternativ E tomonga qarab harakat qilish qiziqarli tuyuladi. SHu yo’nalishda harakat qilib jamiyat o’zining kundalik talabini qondirib boradi. Lekin bunday siyosat qimmatga tushadi.    

         Vaqt o’tishi bilan resurslarning bunday taqsimlanishi jamiyatga katta zarar keltiradi, chunki uning ishlab chiqarish xarajatlarining ishlab chiqarish vositalari zaxirasi hajmi kamayadi, har holda ko’paymaydi, ishlab chiqarishning quvvati pasayadi...

         Quyidagi 12-chizmada egri chiziqning har bir nuqtasi ikki xil mahsulotning maksimal miqdorda ishlab chiqarish hajmini ifoda etadi. Demak, egri chiziq qandaydir chegarani ko’rsatadi. SHu ikki turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning turli  kombinatsiyalarini, ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chiziq’ida aks ettirgandek amalga oshirish uchun jamiyat resurslarni to’la band etishi va to’liq mahsulot ishlab chiqarish hhajmini ta’minlashi zarur.

 Egri  chiziqdagi “Osie” elektr dazmoli va PKR paneli ishlab chiqarish boq’liqlik-larning hammasi, faqat barcha resurslardan yanada samarador foydalanish natijasida, ularni maksimal miqdorda olish mumkinligini ko’rsatadi. Egri chiziqdan tashqarida turgan, masalan W nuqta chizma ustidagi har qanday nuqtadan afzalrok bo’lishi mumkin, lekin bor bo’lgan shu resurslar va shu texnologiya yordamida bunday nuqtaga erishib bo’lmaydi. Resurslarning cheklanganligi bunga  yo’l  qo’ymaydi.

        

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chiziqi.

 

 

4-jadvaldagi  malumotni  organadigan  bolsak, alternativ A dan V ga  surilganda, biz  koramizki, bir dona «Osiyo» elektr dazmoli ishlab chiqarish xarajatlari bir dona PKR paneli ishlab chiqarish xarajatlariga teng boladi.

Keyinchalik qo’shimcha ishlab chio’arish imkoniyatlardan foydalanib  V dan S ga, Sdan D ga va x.k. o’tadigan bo’lsak, biz uchun eng muhim iqtisodiy printsip, qoida namoyon bo’ladi. Alternativ A dan alternativ E ga surilish jarayonida esa har bir qo’shimcha «Osiyo» elektr dazmoli olish uchun yoqotilgan PKR panellari qiymati ortib boradi (10-9=1; 9-7=2; 7-4=3).

Aksincha, E dan A ga qarab harakat qilinganda har bir qoshimcha PKR paneli ishlab chiqarish xarajatlari shunga muvofik  1/4 , 1/3 , 1/2 ishlab chiqarish xarajatlariga teng boladi va bir dona «Osiyo» elektr dazmoli ishlab chiqarish 4 xil surilishning har biriga mos keladi. Biron-bir turdagi tovarni ishlab chiqarish xarajatlariga shu korxona yoki firmaning anik haqiqiy pul hisobidagi  iqtisodiy xarajatlari (ishchi va xizmatchilarning ish xaki, xomashyo, materiallar sarfi, mulk uchun ijara haqi tolovlari va boshqalar) kiritiladi.


 

                   Xarajatlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9 – rasm. Uzoq muddatli ortacha xarajatlar orta chiziqi: Mumkin bolgan besh xil yiriklikdagi korxonada.

 

Bu erda har bir qoshimcha tovar birligini ishlab chiqarish boyicha iqtisodiy xarajatlar bilan umumiy iqtisodiy xarajatlar ortasida farq bor. Masalan, uchinchi birlik «Osiyo» elektr dazmolini ishlab chiqarish xarajatlari 3 birlik PKR paneliga teng (=7-4) bulsa, shu 3 birlik hajmida «Osiyo» elektr dazmolini ishlab chiqarish umumiy xarajatlari esa 6 birlik PKR paneliga teng bolib qoladi (=10-4 yoki 1+2+3).

 

Izokvanta. Izokosta.

Ishlab chiqarishbu ish kuchi va kapitalni mahsulot tayyorlash uchun ishlatish jarayoni. Ishlab chiqarish faktori (omili) mehnat, yer, kapital. Malum texnogoliya bilan har bir ishlab chiqarish omillarini birga ishlatilishida qanday maksimal mahsulot hajmini ishlab chiqarish mumkinligini ishlab chiqarish funktsiyasi korsatadi.

        

         Q=F (k,l)

 

Qhajm

Ffunktsional boqliqlik

kkapital

 

Izokvantabu har xil resurslar xajmi birga ishlatilganda, bir xil mahsulotning hajmini korsatadigan egri chiziq. Izokvanta toplami izovantalar kartasi deb ataladi.

 

ISHLAB CHIQARISH KOLAMINI OSHIRISH VA

XARAJATLARNI OZGARISH

 

Ishlab chiqarish kolamini osishi va shuning natijasida malum miqdorda tejamni olinishi uzok muddatli davrda korxona yirikligini toqri tanlash bilan boqliqdir. Agar aniq bir korxonaning ishlab chiqarish quvvatini asta-sekinlik bilan oshirib (kengaytirib) borish natijasida ortacha umumiy xarajatlarning ozgarishini sinchiklab tahlil qiladigan bolsak javob shunday boladi. Dastlabki vaqtlarda ishlab chiqarish quvvatining kengayishi ortacha umumiy xarajatlar kamayishi bilan birga keladi. Lekin pirovard natijada yangi quvvvatlarni koplab kiritib borilishi ortacha umumiy xarajatlar (ATS) ning oshib ketishiga olib keladi.

Turli yiriklikdagi korxonalarga qollaniladigan qisa muddatli xarajatlar egri chiziqi bolaklaridan (ATS – 1, ATS –2 va x.k.) iboratdir. Korxona ozi istagan yiriklikni (egri chizi bolaklarini) tanlashi mumkin: bunga korxonaning vaqti etarli boladi. Egri chiziqlarning har biri malum hajmdagi mahsulotning har bir donasini ishlab chiqarish boyicha eng kam xarajat miqdorini ifoda etadi. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun minimal xarajatlarning birini (1) korxonadagina taminlash mumkin. Agar firma sotadigan maxsulot xajmi 20 birlikdan kup bulib, lekin 30 birlikdan kam bolsa, bu firma yanada kamroq ishlab chiqarish xarajatlariga erishish uchun  2 (ikkinchi)  korxonani kormoqi lozim.

         Ishlab chiqarish kolami yuqori bolganda umumiy xarajatlar summasi  (miqdori) ortadi, lekin shunga qaramay mahsulot birligining ishlab chiqarish xarajatlari avvalgiga qaraganda kam boladi va x.k.

         Shunday qilib, tadbirkor korxonaning yirikligini tanlashi boyicha barcha zaruriy ozgartirishlarni amalga oshirish uchun etarli vaqtga ega bolib, eng kam ortacha umumiy xarajatlar hisobiga istagan hajmda mahsulot ishlab chiqarishi mumkin.

 

Ishlab chiqarish kolamining ijobiy samarasi

                  

         Ishlab chiqarish kolamining ortib borishi bilan ortacha xarajatlarni kamaytirish yolida bir qancha omillar tasir etadi:

1.     Korxona yirikligini oshib borishi bilan mehnatni istisoslashtirish;

2.     Boshqaruv xodimlari mehnatni istisoslashtirish;

3.     Yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan, bunga imkoniyat bo’lgan taqdirda, kapitaldan samarali foydalanish;

4.     Kichik korxonaga qaraganda yirik hajmda mahsulot ishlab chikaruvchilar tomonidan kushimcha tur mahsulotlarini ishlab chiqarish.

Ishlab chiqarish ko’lamining salbiy samarasi

Firmani kengaytirib borish vaqt o’tishi bilan (ma’lum vaqtdan so’ng) salbiy iqtisodiy oqibatlarga va natijada mahsulot birligining ishlab chiqarish xarajatlari o’sishiga olib kelishi mumkin.

         Salbiy samara paydo bo’lishining asosiy sababi yirik ishlab chiqarishga aylanib ketgan firma faoliyatini samaralirok boshqarish, qiyinchiliklari bilan boq’liqdir. Uncha yirik bo’lmagan korxonada uni amal qilishiga tegishli bo’lgan barcha muhim qarorlarni bitta-yagona ma’muriy rahbar qabul qilishi mumkin. Firma yirik bo’lmaganligi tufayli shu ma’muriy rahbar ishlab chiqarish jarayonlarini  yaxshi tasavvur qiladi va shuning uchun firmaning har qanday faoliyatiga tez kirishishi, ma’lumotlarni tez o’rganib aniq chora-tadbirlar ko’rishi mumkin.     

Ammo bunday qoniqarli holat firmaning yirikligi o’sib borishi bilan o’zgarib ketadi. Ma’muriy apparatni ishlab chiqarish jarayonidan ajratib turuvchi boshqaruv qobiliyatlari shunchalik ko’payib ketadiki, oliy rahbar korxonadagi xaqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan anchagina ajralib qoladi. Yirik korxona darajasida bir kishi uchun eng foydali qaror (chora) larni qabul qilish barcha ma’lumotlarni to’plash, uni bilish va qayta ishlash mushkul bo’ladi. Javobgarlikni ko’pchilik rahbarlik lavozimidagi kishilar o’rtasida taqsimlashga to’q’ri keladi. Natijada turli rahbarlik bo’q’inlarida qabul qilinadigan chora-tadbirlar, buyruqlar bir-biriga zid bo’lib qoladi. Oqibatda samaradorlik pasayadi, ishlab chiqarishning o’rtacha xarajatlari o’sadi. Boshqacha qilib aytsak, barcha resurslarning 10% o’sishi ishlab chiqarish hajmini undan kamroq,  masalan 5% darajada o’stiradi. SHunday bo’lib chiqadiki, o’rtacha xarajatlar (ATS) ko’payadi. Demak, ishlab chiqarish ko’lamining ijobiy va salbiy samarasi har bir tarmoq tuzilishini belgilovchi eng muhim omildir. Shu masalani tushunib etish uchun samaraning minimal miqdori  (SMM) kontseptsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu kontseptsiya shundan iboratki, bunda eng kam hajmda mahsulot ishlab chiqargan holda korxona o’zining uzoq muddatli o’rtacha xarajatlarini minimal darajada saqlashi mumkin. Quyidagi 14-chizmaning «a» qismidan ko’rinib turibdiki, bunga ishlab chiqarish hajmi Qq 1 ga teng bo’lganda erishish mumkin. Biz aytishimiz mumkinki, 14-chizmadagi kesmaning uzunligiga ko’ra ishlab chiqarish hajmining muttasil o’sib turishiga mos keladigan, shunga yarasha ko’prok mahsulot ishlab chiqaradigan firma, xuddi shunday o’zini minimal o’rtacha xarajatlar bilan ta’minlaydi. Umuman aytganda, q1, q2 kesma oraligida barcha firmalar bir xil darajada samarador bo’lib chiqmoqda. SHunday qilib turli yiriklikka ega bo’lgan firmalar ishlab chiqarish xarajatlarni bir xil shakllantirganlar. Bundaylarga ko’prok go’sht, mebel ishlab chiqarish, egochni qayta ishlash va boshqa tarmoq korxonalari kiradi. Endi bu xolatlarni 14-chizmada ko’rsatilgan holat bilan solishtirib  ishlab chiqarish ko’lami ijobiy samarasining o’sishi uzoq vaqt talab qiladi, salbiy samarasini o’sishi esa nisbatan uzoq davom etadi, degan xulosaga kelamiz. Bunda gorizontal o’qning uzun kesmasida o’rtacha xarajatlarning uzoq muddatli egri chiziq’i pasayadi. Bunday holat ko’proq avtomobilsozlik, alyumin ishlab chiqarish, po’lat ishlab chiqarish va oq’ir sanoat tarmoqlarida uchraydi. Bu demak shu berilgan hajmdagi mahsulotga iste’molchi talabi bo’lganda ishlab chiqarishning etarli darajadagi samaradorligiga faqat sanoat gigantlari uncha ko’p bo’lmagan holdagina erishish mumkin.

 


 

 

10 –rasm. Uzoq muddat vaqt ichidagi o’rtacha xarajatlar egri chiziq’i.

 

Mayda firmalar, ishlab chiqarishlar, minimal foydalilikni ta’minlay olmaydilar va xaqiqiy qobiliyatga ega bo’lmaydilar. Barcha foydali samaradorlikni ishlab chiqarish hajmi hisobiga olish juda qiyin bo’lgan hollarda amal qilib turgan bozor doirasidan tashqariga chiqishni, ya’ni tabiiy ravishda yakka hukmronlikni talab etish mumkin, agar ijobiy samara uncha katta bo’lmay, nisbiy samara juda tez ro’y beradigan bo’lsa, minimal foydalilik miqdori chizmada ko’rsatilgan mahsulot hajmi bilan aniqlanadi. Bunday tarmoqlarda iste’molchi talabining hajmi nisbatan mayda ishlab chiqarishlarning yashashini ma’qul ko’radi. Bunday tarmoqlar guruhiga, xususan, chakana savdoning ko’pgina xillari, ayrim qishloq xo’jalik sohalari, engil sanoatning ko’pgina tarmoqlari kiradi. Masalan, non ishlab chiqarish, tikuv, poyabzal ishlab chiqarish tarmoqlari. Bunday tarmoqlarda juda kichik firmalar, ko’p hajmda mahsulot ishlab chiqaradiganlarga qaraganda, ancha samaraliroq bo’lib chiqadi.

 

 

 

Tayanch iboralar

-xarajatlar tushunchasi;

-uzok muddatli xarajatlar;

-kiska muddatli xarajatlar;

-ishlab chikairsh xarajatlari.

-boy berilgan imkoniyatlar xarajati

-doimiy xarajatlar

-uzgauvchan xarajatlar

-ishlab chikarish xarajatlari egri chizigi

-o’rtacha xarajatlar

-qo’shimcha xarajatlar

 

 

Nazorat va muloxaza savollari

1. Xarajat deganda nimani tushunasiz?

2. Foydani kanday turlari mavjud?

3. «Boy berilgan imkoniyat xarajati» nima?

4. Xarajatni kanday turlari mavjud?

5. «Uzgaruvchan xarajatlar» kanday xarajat?

6. «Doimiy xarajatlar» ga nimalar kiradi?

7. Ishlab chiqarish funktsiyasi nima?

8. Izokvanta nima uchun kerak?

9. Izokosta nimani bildiradi?

10. Ishlab chiqarishni bitta omil sifatida qanday tashkil etiladi?

11. Ishlab chiqarishni ikkita omil hisobida qanday tashkil etiladi?

12. Korxona xajmi deganda nimani tushunasiz?

13. Korxonaxajmini samaradorlikka ta’sirini qanday ko’rinishlari bor?

 

Adabiyotlar

1. Pindak R. Daniel R. «Mikroekonomika» M.: 1992.

2. Xamdamov K. Maxmadiev U.  «Mikroiktisod» T.: 2000

3. Rinochnaya ekonomika, kol. avtorov, M.: 1992. tom-1, chast 1

4. Ulmasov A. «Iktisodiyot asoslari» T.: 1997

 


[zofa714@list.ru]
Darslik bo'yicha mulohazalaringiz bo'lsa muallifga hat yuborishingiz mumkin!