[Orqaga]  [Bosh sahifa]  [Mundarija]  [Keyingi sahifa]           [Kirilchaga o'girish ]

 

5-Mavzu. Iste’molchining harakati nazariyasi.

5-mavzu. Iste’molchining harakati nazariyasi.

Talab egri chiziqlari shaklini nima belgilaydi yoki bozor talabini qanday omillar vujudga keltiradi?

         Bozordagi ayrim mahsulotning har bir xaridori xulqini kurib chiqamiz, masalan: 1999 yil sentyabr oyida Toshkent shahridagi kartoshkaga bo’lgan talab. Unga bo’lgan talabni qanday shartlar keltirib chiqaradi? So’rab chiqish orqali har bir xaridorning shaxsiy talab egri chiziqlarini chizish mumkin. SHunda bozordagi umumiy talab egri chiziqlarini hosil qilish uchun, biz narx o’zgarishlarining har bir holatidagi shaxsiy talab egri chiziqlarini gorizontal qo’shib chiqishimiz kerak bo’ladi.

                  

 

 

 

 

 

 

 

  Usmonovlar uy           

     xo’jaligi

 

 

 

 

 

 

 

 


        Hakimovlar uy        

           xo’jaligi    

 

 

 

 

 

 

 

 


Ikkala oilaning

             talabi

 

Q – kartoshkaga bo’lgan talab;

P – kartoshkaning narxi.

 

Endi biz Usmonov, Hakimov va x.k. oilalarda kartoshkaga bo’lgan talabni qanday sabablar yuzaga keltirganligini aniqlashimiz kerak. Ushbu savolning ikki echimini ko’rib chiqamiz:

 

1.     Chegaraviy foydalik nazariyasi.

 

Foydalilik deganda, mahsulotdan yoki ko’rsatilgan xizmatdan olingan qoniqish tushuniladi. Foydalilik umumiy va chegaraviy turlariga bo’linadi.

Umumiy foydalilik – mahsulotdan yoki ko’rsatilgan xizmatdan olingan qoniqishdir.

         Chegaraviy foydalilik – ayrim mahsulot yoki xizmat to’plamini qo’shimcha miqdorda olish hisobiga o’stirilgan, ko’paytirilgan umumiy foydalilikdir.

         Agar boshqa mahsulot turlarining iste’moli o’zgarmasa, ayrim bir mahsulot yoki xizmatga bo’lgan talabning tuyishi oqibatida ushbu mahsulot yoki xizmatning navbatdagi miqdoridan olinadigan qoniqish pasayadi. Bu – chegaraviy foydalilikning kamayib borish qonunidir.

 

         Foydalilik funktsiyasi: bu iste’mol qilinuvchi mahsulot yoki xizmat hajmi bilan iste’molchi erishgan foydalilik (qoniqish) darajasining nisbiyligidir.

Foydalilik funktsiyasi – kishining afzallikni faraz qilish uslubidir. Foydalilik funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:

                                           U = f (Qx,Qy)      (1)

f - U (foydalilik darajasi)ning qavs ichidagilar o’zgarishiga boq’lik bo’lgan funktsiya belgisidir;

Qx- x  mahsulot hajmi;

Qy- u  mahsulot hajmi.

Foydalilik funktsiyasi shunday farazki, u kishi erishuvchi foydalilik faqat aniq bir muddat vaqt ichida, masalan hafta mobaynida, u iste’mol qiladigan mahsulotlar soni X (Qx) va Y (Qy) ga boq’liqdir. Biz foydalilik funktsiyasiga istagancha o’zgaruvchilarni qushishimiz mumkin. (1) - tenglama foydalilikning soddalashtirilgan funktsiyasi.

         X maxsulot miqdorining chegaraviy foydaliligini  MUx, uning narxini esa - Px, Y mahsulotining chegaraviy foydaligini MUy va uning narxini Py, orqali belgilaymiz u xolda:

 

     (MUx/Px)=(MUy/Py)      (2)        yoki      (MUx/MUy)=(Px/Py)     (3)         

 

(2) - tenglama alohida xaridorning talab muvozanati tenglamasi. Birinchi qism ikki mahsulot narxining nisbatini aks ettiradi. Chap qismi esa xaridorning sub’ektiv, uning nazoratidagi baholashni aks ettiradi.

(3) - tenglama universal xarakterga ega va u oila daromadiga boq’lik emas. Agar oila daromadi va qolgan barcha mahsulot narxlari o’zgarishsiz qolsa-yu, X mahsulot narxi o’zgarsa, u holda (3) - tenglama buziladi. Ry narx pasaysa, unda har qanday Y mahsulot uchun

 

                                             (MUx/MUy)>(Px/Py)

 

Tenglikka erishish uchun oilalar katta hajmda X-mahsulotlarni sotib ola boshlaydi va bu MUx ning tushib ketishiga olib keladi. MUx  (3) - tenglama bajarilgunga qadar pasayib boradi. 

         Qandaydir mahsulot narxining pasayish O nuqtasi shu mahsulot QD hajmining ko’tarilishiga olib keladi. SHu bilan talab egri chiziq’ining pasayish xarakterini tushuntirish mumkin.

Masalan: Ivanovlar oilasi 1-haftada 1kg kartoshka uchun 5 so’mdan to’lashga tayyor, 2 kg – 4 so’mdan; 3 kg  - 3 so’m; 4 kg - 2,5 so’m; 5 kg - 2 so’m; 6 kg - 1,7 so’m; 7 kg - 1,5 so’m. Lekin bozorda Ivanovlar talabiga boq’liq bo’lmagan narx o’rnatiladi. Faraz qiling, bozorda 1kg kartoshka – 2 so’m. O’shanda Ivanovlar 1 kg kartoshka uchun 5 so’m to’lashga tayyor edilar, demak ular 3 sum tejab qoladilar; 2 kg da 2 so’m. Lekin 6 kg ni ular sotib olmaydilar, chunki ularning shu mahsulot hajmini sub’ektiv baholashlari bozor bahosidan pastdir. Demak, har qanday xo’jalik mahsulotni shaxsiy sub’ektiv baholashlari bilan shu mahsulot narxi tenglashmaguncha sotib oladilar.

 

2.     Befarqlilik egri chiziqlari kontseptsiyasi

 

Ushbu uslub italyan olimi V. Paretti tomonidan taklif etilgan. Asosida: 2 xil egri chiziq – byudjet chiziq’i va befarqlilik egri chiziqlari atalmish chiziklarning geometrik birligi yotadi.

         Byudjet chiziq’i: Shartli ravishda bu oila byudjetining kiyim-kechak va oziq-ovqat soniga bo’linishidir, ya’ni 2 mahsulot.

Подпись: kiyim-kechak

                       X

Подпись: Oziq-ovqat

U

 

                                                           Y

 

 

3-rasm. Befarqlilik egri chiziq’i

 

Oila daromadi shu holda pasayadiki, mahsulot narxi o’zgarmas const, byudjet chiziq’ini parallel ravishda pastga siljishga olib kelsa. Agar daromad o’ssa, byudjet chiziq’i tepaga (yuqoriga) siljiydi. Mahsulotlar narxining nisbiy o’zgarishi egri chiziq qiyaligining o’zgarishiga olib keladi. Agar ular oila sub’ektiv baholashi orqasida kiyim-kechik va oziq-ovqat mahsulotlarining har xil kombinatsiyasi asosida o’z ehtiyojlarini bir xil qondira olsalar, u holda oila ushbu mahsulotlar, shuningdek uning  birikmalariga «befarq» deb hisoblanadi.

 

Ko’rilayotgan                 kiyim-kechak                  oziq-ovqat

kombinatsiya                          (S)                                 (F)

     a                                        10                                    5

     d                                         7                                    10

     c                                         5                                    20

     b                                         4                                    30

 

U – befarqlilik egri chiziqlari

 

 

Befarqlilik egri chiziqlari kartasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Biz kordinatalar tekisligida kiyim-kechak va oziq-ovqat miqdorlarining konkret kombinatsiyalari aks etgan xohlagan nuqtani tanlab olishimiz va yana bir oiladan so’rash orqali ushbu nuqtadan o’tuvchi yana bitta befarqlilik chiziq’ini tuzishimiz mumkin. Shu operatsiyani N marta bajarib, biz befarqlilik egri chiziqlari yigindisini hosil qilamiz, bu – befarqlilik egri chiziqlari kartasi deb ataladi. Befarklilik egri chiziqlari kartasi – odamning afzal ko’rishini izohlash yo’li.  Karta ikki mahsulotning xohlagan iste’mol darajasida shu mahsulotlarning o’rin olish normasini ko’rsatadi. Befarqlilik egri chiziqlari kartasi bitta grafikda uchta o’zgaruvchanlarning o’zaro munosabatini ko’rsatadi:

1)                             1- mahsulotning hajmi (oziq-ovqat)

2)                             2-mahsulotning hajmi (kiyim-kechak)

3)                             foydalilik.

Befarqlilik egri chiziqlariiste’molchi bir-biridan farqlamaydigan tuplamlar yiq’indisining ifodasidir.

Biz ko’rib chiqadigan to’plam kiyim-kechak va oziq-ovqat kombinatsiyalaridan iborat. Egri chiziqdagi har qanday to’plamning qanotlanish darajasi xuddi boshlangich a- to’plamidagi kabidir. Istemolchi befarqlilik egri chiziq’idagi to’plamlarni bir-biridan farklamagani uchun shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday to’plamning foydalilik darajasi bir xil. Befarklilik egri chiziqlari  manfiy qiyalikka ega bo’lishi kerak, negaki, X va Y iste’molchi uchun foydali bo’lsa, u holda kattarok hajmdagi mahsulot kichigiga nisbatan  salmoq kashf etadi. Masalan:

 

To’plam

Qu

banan

Qx

olma

M1

10

4

M2

6

5

M3

3

6

M4

1

7

 

Kishi haftada  M3 – (U va X mahsuloti) – 3ta banan va 6ta olma iste’mol qiladi. Agar to’plamdan 1ta bananni olib quysak, bu iste’molchiga to’q’ri kelmaydi, chunki ko’plik kamlikka nisbatan ustunlik qiladi, shunday qilib M5 to’plami (2ta banan va 6ta olma) M3 to’plamga nisbatan kamroq foydalik keltiradi. SHuning uchun M5 – M1 joylashgan egri chiziqda bo’lolmaydi. Usha egri chiziqqa qaytish uchun olmalar sonini bananlarning kamaygan soniga oshirish kerak.

         U mahsulotining har qanday Qy miqdorga kamayishini X ning qushimcha qiymati bilan to’ldirish kerak bo’ladi, ya’ni Qx qiymati bilan. Bundan shu ko’rinadiki, (Qy/Qx) befarqlilik egri chiziq’i qiyaligi doimo manfiy bo’ladi, chunki surat va mahraji qarama-qarshi belgiga egadir.

 

O’rin almashuv chegaraviy normasi

 

Xaridor bir mahsulotdan qushimcha miqdor olish hisobiga boshqa mahsulotning qancha miqdoridan voz kechishi kerakligini ko’rsatadi (MRS). MRS befarqlilik egri chiziq’idan konkret nuqtaning joylashgan o’rniga boq’liq MRS – qiymati K nuqtasiga urinma o’tkazilgan U egri chiziq’ida, konkret d nuqtasidan topiladi. Agar U egri chiziq nuqtalariga urinma o’tkazilsa, egri chiziq bo’ylab pastga siljigan sari MRS ning absolyut qiymati kamayib boradi. Bu faqat «o’rin  almashuv chegaraviy normasining kamayish qoidasi» ni aks etdiradi: oila qancha kam kiyim-kechakka ega bo’lsa, unga yana bir miqdor kiyim-kechakdan voz kechish yanada qiyinlashib boradi va kiyim-kechak kamchiligini qoplash maqsadida yanada ko’proq oziq-ovqat mahsulotlari olish kerak bo’ladi.

      

                                MRS=(Qкийим-кечак)/(Qозиқ-овқат)

 

         Y ning X ga o’rin almashishining chegaraviy normasi (MRSxy) – ushbu befarqlilik egri chiziq’ida joylashgan holatda, X mahsulotining yana bir miqdoriga ega bo’lish uchun iste’molchi voz kechmoqchi bo’lgan Y mahsulotining miqdoridir. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’rin almashishning chegaraviy normasi – bu X miqdoridan qushimcha miqdor olish hisobiga iste’molchi voz kechmoqchi bo’lgan Y mahsulotning belgilangan miqdori deb aniqlanadi. SHuning uchun u befarqlik egri chiziq’ining qiyaligi va (-1) ning ko’paytmasidir: Befarqlik egri chiziq’i qiyaligi manfiy bo’lgani uchun:

 

         MRSxy = -(Qy/Qx)    

                

         Befarqlik egri chiziq’ining kiyaligi Y ning X ga o’rin almashinish chegaraviy normasining kamayishini nazarda tutadi. Ularning kiyaligi iste’molchi ushbu egri chiziqqa rioya qilgan holatda Y ni X ga urin almashtirgani sari o’zgaradi. O’rin almashishning chegaraviy normasi M1 va M2=4. Bu X miqdoridan qushimcha olish hisobiga iste’molchi voz kechmoqchi bo’lgan Y miqdoridir.

MRS=4 shuni ko’rsatadiki, iste’molchi befarqlik egri chiziq’ida qolgan holda yana bitta ortikcha olma olish evaziga haftasiga hatto 4 ta banandan ham voz kechishga tayyorligini ko’rsatadi. Lekin MRS=4 shu holda bo’ladi qachonki, to’plam tarkibida haftasiga 10 ta banan va 4 ta olma bo’lsa.

Y ning X ga o’rin almashishi chegaraviy normasining kamayishi befarqlik egri chiziqlariga muhim zamindir. Kamaymaydigan o’rin almashish chegaraviy normalari ham bo’ladi. Masalan: Odam choy ichish uchun kofedan voz kechmaydi. Choyning kofe orqali o’zgargan MRSi nolga teng. Ba’zi bir kishi kofeni umuman iste’mol qilmaydi. Bu holda kofening o’rin almashish chegaraviy normasi nolga teng bo’ladi.

 

To’plam

Qy

Qx

MRSxy

M1

 

10

4

 

4ta y birligi

1ta x birligiga

 

3ta u birligi

1ta x birligiga

 

2ta u birligi

1ta x birligiga

M2

 

6

5

 

 

M3

 

3

6

 

 

M4

 

1

7

        

 

Shunday hollar bo’ladiki, hamma to’plamlarda MRS=1. Bo’nday holda iste’molchi kofe va choyni  ideal almashinuvchilar sifatida qabul qqladi. U hamma vaqt bir piyola choyni bir piyola kofega almashishiga qarshi emas. Lekin iste’molchilar odatda o’zlarining hamma mablaq’larini 1ta mahsulotga sarflamaydilar. Bu o’rin almashish chegaraviy normalarining kamayishi mavjudligini bildiradi. MRSning kamayishi tuq’risida fikr to’la asoslidir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Masalan: agar siz yalanq’och bo’lsangiz-u, lekin to’yguningizcha eb-ichishingiz mumkin bo’lsa, siz qandaydir kiyim-kechak topish hisobiga oziq-ovqatning anchagina qismidan voz kechgan bo’lar edingiz. Lekin oziq-ovqat hajmining kamayib borishi bilan birga siz boshqa xil manfaatlar ola borsangiz, u holda siz shu manfaatlar evaziga oziq-ovqatdan yanada ko’prok voz kechar edingiz.

Chegaraviy foydalilikbu qo’shimcha miqdor (mahsulot, ko’rsatilgan xizmat) iste’mol qilish hisobiga foydalilikning o’sishidir. O’rin almashish chegaraviy normasini befarqlik egri chiziq’ida har bir o’qdagi manfaatlarning chegaraviy foydaliligi bilan boq’lash mumkin. To’plamdan Y mahsulotning Qy miqdorini olib ko’yish iste’molchiga zarar etkazadi. Foydalilikni yo’qotish q QyMUy, bu erda MUy – iste’molchi uchun Y ning chegaraviy foydaliligi. Iste’molchiga avvalgi qoniqarli holatiga qaytarish uchun lozim bo’lgan Y ning yo’-o’qolgan miqdori X bilan to’ldirilsa, orttirilgan foydalilik: QxMUx (Mux -  X ning chegaraviy foydaliligi ). Agar iste’molchi xuddi usha befarqlik egri chiziq’iga qaytishi kerak bo’lsa, u holda X ni qo’shishdan keyingi foydalilikning o’sishi  olib qo’yilgan Y ning foydaliligini yo’qotishga teng bo’ladi: SHunday qilib:

 

                    QxMUx = - QyMUy        (4.1)

 

Shunga ko’ra: - (Qy/Qx) = MUx/ MUy= MRSxy       (4.2)

Shuning uchun Y ni X ga o’rin almashishining chegaraviy normasiga xuddi X ning chegaraviy foydaligini Y chegaraviy foydaliligiga munosabati kabi qarash kerak.

 

Byudjet (mablaq’) va narxlar

 

         Iste’molchining tanloviga faqatgina afzal ko’rish emas, balki iqtisodiy shart-sharoitlar ham ta’sir ko’rsatadi. Byudjet, hozirgi vaqtda qancha pulni sarflash mumkin ekanligi haqida axborot beradi. Mana shu qism odamning daromad qismidir. Mana shu daromad qismiga qancha mahsulot yoki xizmat ko’rsatilishi mumkinligi ularning narxiga boq’liqdir. Iste’molchi daromadi va pulning xarid kuchi byudjetning cheklanganligini aniqlaydi, bu umuman xarajatning umumiy daromadga teng bo’lishi kerakligini ko’rsatadi.

                          

                             I = PxQx + PyQy     (4.3)    

 

I – iste’molchi daromadi, Py - X mahsulotining narxi, Qx - X hajmi

Masalan: Daromad xaftasiga 5 dollar;

 

                Px – 1 dollar, Ru – 50 tsent

 

To’plam

Olmalar Qx

Bananlar Qy

V1

5

0

V2

4

2

V3

3

4

V4

2

6

V5

1

8

V6

0

10

 

4 –rasm. Sotib olinishi mumkin bo’lgan bozor to’plamlari.

 

Bu erda xarid qilishning ikki yo’li mavjud: agar 5 dollarning hammasi olma olishga sarflasa, unda donasi 1 dollardan – 5 dona olma sotib olish mumkin (V1). Boshqa yuli – V6. hammasi bo’lib har biri 50 tsentdan 10 dona banan sotib olish mumkin. V2, V3, V4, V5 to’plamlari olma va bananlarning alternativ kombinatsiyalarini ko’rsatadi. 4 jadvaldagi oxirgi chiziq – byudjet cheklanganligi chiziq’idir. V7 to’plami (8 olma va 4 banan) byudjetning haftasiga 10 dollar bo’lishini talab qilgan bo’lar edi, bu esa mahsulotlarga ajratilgan 5 dollarli mablaq’dan ortib ketadi.

        

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5 - rasm. Byudjet cheklanganligi.

 

Byudjet chiziq’i X va Y mahsulotlarining iste’molchining byudjeti sotib olishga qodir bo’lgan hamma to’plamlarini ko’rsatadi.

 

Qiyalik = ∆Qy/∆Qx = 2/1 = ∆Px/∆Py (4.3) tenglamadan qanday qilib iste’molchi

 

 xarid qilayotgan qar bir mahsulotning maksimal miqdori iste’molchining daromadi va mahsulotning narxiga boq’liqligini topishda foydalanish mumkin.

 

Agar (4.3) tenglamadagi Qy ni nolga tenglashtirib, tenglamani Qx ga nisbatan echsak, X ning maksimal miqdorini topamiz. Qy=0 bo’lganda, Qx=I/Px. Odam hozirgi vaqtda sotib olish mumkin bo’lgan X ning maksimal miqdori daromadga va X ning narxiga boq’liq; xuddi shunday Y ham.

 

Bu holda I/Px = 5 dollar=5

                I/Py = 5/ 0,5=10

 

         Byudjet chiziq’ining qiyaligi = - (Qy/Qx)=Px/Py    (4.4).

Byudjet chiziq’i – to’q’ri chiziq bo’lgani uchun, u har bir nuqtada bir xil qiyalikka ega bo’ladi.

(4.3) tenglamani Qy nisbatan echsak: Qy= - (Px/Py) Qx + (I/ Py)    (4.5) byudjet chiziq’ining qiyaligi X va Y lar narxlarining nisbatlariga butunlay boq’liqligini ko’rish mumkin.

 

                Byudjet chiziq’i qiyaligi - Qx oldidagi koeffitsient: - (Px/Py). Shu koeffitsient (-1) ga ko’paytirilsa, X va Y lar narxi nisbatini beradi. Byudjet chiziq’i qancha keskin bo’lsa, X narxi Y narxiga nisbatan shunchalik baland bo’ladi va X ning qo’shimcha  miqdoriga ega bo’lish uchun Y dan shunchalik ko’p voz kechishga to’q’ri keladi. (4.5) tenglamadagi I/Py  Y o’qining byudjet chiziq’i bilan kesishish nuqtasini ko’rsatadi.

 


Iste’molchining muvozanati

 

 

6 – rasm. Befarqlik egri chiziq’ini muvozanat holati.

 

 

6-rasmda befarqlik egri chiziq’i va byudjet chiziq’i bitta koordinatalar sistemasiga qo’yilgan. V5 nuqtasi

1 dona X va 8 dona Y mahsulotlar to’plamiga to’q’ri keladi. Bu to’plam iste’molchiga U1 foydalilik saviyasini beradi. Boshqa to’plamlar daromadni X va Y uchun sarflaganda balandroq foydalilikni beradi.

  V5 dan V3 ga qarab byudjet chiziq’i bo’yicha harakatlanib, yuqoridagi befarqlik egri chiziq’iga ko’tarilib, iste’molchi foydalilikni oshirishi mumkin. Byudjet chiziq’ining har bir nuqtasidan befarqlik egri chiziq’i o’tadi.

         Byudjet chiziq’idan pastda joylashgan V0 nuqtasiga taalluqli  to’plam V3 to’plamiga qaraganda ancha pastroq foydalilik saviyasini ta’minlaydi. Byudjet chiziq’idan yuqori joylashgan nuqtalarga taalluqli to’plamlar (V8), V3 ga ko’ra foydalilikning yuqoriroq saviyasini ta’minlasa-da, ammo kattaroq daromadni talab qilgani uchun erishib bo’lmaydi. (Mazkur byudjetda, maksimal foydalilik, byudjet chiziq’i befarqlik egri chiziq’ining imkoni boricha yuqori nuqtasiga tutashgan joyiga taalluqli mahsulotlar kombinatsiyasi iste’mol qilinganda ta’minlanadi). 

 

Qx = 3;  Qy = 4 to’plami iste’molchi – tanlagan to’plamning o’zginasidir.

 

Iste’molchining muvozanati mazkur byudjet tomonidan chegaralangan sharoitda xarid qilinayotgan mahsulotning foydaliligini maksimallashtiradigan kombinatsiyalarga taalluqlidir. Bu muvozanatning ma’nosi shuki, iste’molchi shunday to’plam olishi bilan, unda bu to’plamni boshqasiga almashtirishga ehtiyoj qolmaydi. Muvozanat nuqtasida byudjet chiziq’ining qiyaligi befarqlik egri chiziq’ining qiyaligiga teng.  –(Px/ Py) = -MRSxy     (4.5)

                                                   Px/ Hy = MRSxy

 

Bu shartning bajarilishi iste’molchi byudjet tomonidan chegaralangan sharoitda foydalilikni maksimallashtirishni nazarda tutadi.

         Maxsulotlar o’rnini almashtirishning eng chegaraviy me’yorini ularning eng chegaraviy foydaliliklari nisbati sifatida tushunish muvozanatlik shartini quyidagicha ifodalashga imkon beradi:

 

                                                MUx/ MUy= Px/ Py    

 

MUx/ Px = MUy/ Py       (4.6)

 

         Bu tenglik, foydalilikni maksimallashtiruvchi iste’molchi, ikki xil maxsulotni, ularning dollarga chaqilgan chegaraviy foydaliliklari tengligini ta’kidlaydi.

         Iste’molchi muvozanatining umumiy sharti(bir xil foydalilik printsipi) – iste’molchi har bir mahsulotga savrflanayotgan dollarga mos keluvchi eng chegaraviy foydalilikka erishish uchun t.o. hamma mahsulotlarga xarajatni bir xil ta’minlashini ko’rsatadi.

         Mahsulotlardan birini umuman xarid qilmaydigan iste’molchi muvozanati – burchak muvozanati deb ataladi.

         Ikkala mahsulotni sotib olishdagi muvozanat – ichki muvozanat deb ataladi.

         Toki operatsiyaning chegaraviy foydaliligi chegaraviy xarajatlardan past tushib ketmaguncha, ayrim ijobiy yalpi yutuq (daromad) chiqarib olinadi.

           Manfiy (-1) qiyalikka ega bo’lgan befarqlik egri chiziqlarini ko’rib chiqamiz. Bu erda hamma to’plamlar uchun MRSxy=1. Byudjet chiziq’i hosil qilib, biz shuni ko’ramizki, agar Px/Py>MRSxy bo’lsa, iste’molchi o’zining hamma byudjetini kofega sarf qilib qo’yishi mumkin ekan. Bu holda muvozanatga E nuqtasida erishilar ekan.       

                                         

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xuddi shuningdek, Rx/Py<MRSxy bo’lsa, iste’molchi o’zining hamma byudjetini choyga sarflagan bo’lar edi. Bu holda muvozanatga E nuqtasida erishiladi, chunki

MRSxy= 1. Shunday qilib, Rx/Py<1 bo’lsa, choy olar ekan.

Bir - birini o’zaro ideal to’ldiruvchi mahsulotlar – bu degani – iste’molchi tomonidan har xil mahsulotlardan bir xil qiymat (proportsiya) da sotib olishdir (bitta avtomabil va bitta nomer belgisi). Ularning befarqlik egri chiziqlari o’zaro tuq’ri burchakni hosil qiladi. Muvozanat hamma vaqt to’q’ri burchak uchida joylashgan (E nuqtasida).  

Agar iste’molchi yana bitta avtomabil sotib olib, V to’plamiga tomon siljisa, u U1 befarqlik egri chiziq’ida qolaveradi. Bu esa na foydalilik yo’qotilishi va na foydalilikning  yutuq’idir.

         Shuningdek, iste’molchi S nuqtasi tomon siljib, yana bitta nomer belgisi olsa, u yana shunday U1 egri chizigida qolaveradi. Iste’molchi yuqoriroq egri chiziqlarga faqatgina qo’shimcha nomer belgisini avtomobil bilan to’ldirsa yoki aksincha, qo’shimcha avtomobilni nomer belgisi bilan to’ldirgan taqdirdagina erishadi.

Iqtisodiy  manfaatsizlik shundaki, bu holda iste’molchi kamni ko’pdan afzal ko’radi. Masalan: ayrim iste’molchi uchun jigar aksil mahsulot bo’lib, sut esa mahsulotdir.

Sut xajmi (litr)

 

 
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


A to’plami (1l sut va 1 kg jigar) – bu U2 ning foydaliligini ta’minlaydi. Agar to’plamga jigar qo’shilsa, iste’molchi V nuqtasiga siljigan sari (U1 U2) yutqizadi, lekin agar to’plamga sut qo’shilsa, iste’molchi S nuqtasi tomon siljib (U3 U2), yutadi. Byudjet chiziq’ida (rasmda) iste’molchi E nuqtasida muvozanatda bo’ladi. Iste’molchi hech qachon o’z ixtiyori bilan aksil mahsulot xarid qilmaydi.         

 

 

Tayanch iboralar

-maxsulot iste’molchidan xosil buladigan konikish

-maxorat iste’molidan xosil buladigan kushimcha konikish

-iste’molchilar imkoniyati

-byudjet egri chizigi

-befarklik egri chizigi

-maxsulot urin almashtirish normasi

 

Nazorat va muloxaza savollari

1.Oilaning moliyaviy imkoniyati nima?

2. Byudjet egri chizigi nimangi bildiradi?

3. «Befarklik» deganjda nimani tushunasiz?

4. «Befarklik egri chizigi» nimani kursatadi?

5. Maxsulot urin almashtirish normasi kanday aniklanadi?

 

Adabiyotlar

1. Pindak R. Daniel R. «Mikroekonomika» M. 1992 g

2. Xamdamov K. Maxmadiev U.  «Mikroiktisod» T. 2000 y

3. Rinochnaya ekonomika, kol. avtorov, M. 1992 g. tom-1, chast 1

4. Ulmasov A. «Iqtisodiyot asoslari» T. 1997 y


[zofa714@list.ru]
Darslik bo'yicha mulohazalaringiz bo'lsa muallifga hat yuborishingiz mumkin!