[Orqaga]  [Bosh sahifa]  [Mundarija]  [Keyingi sahifa]           [Kirilchaga o'girish ]

 

4-Mavzu. Iqtisodiy modellarda egiluvchanlik.

4-mavzu. Iqtisodiy modellarda egiluvchanlik.

Egiluvchanlik – bu bir o’zgaruvchan miqdorning o’zgarishiga ta’sir etish me’yo0ridir. Iqtisodchilar narx ta’sirida egiluvchanlik yoki noegiluvchanlik darajasini quyidagi koeffitsient yordamida o’lchaydilar:

Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi (Ed) – talab hajmining tovar narxi bir foizga oshgandagi  foizli o’zgarish kursatkichi.

 

              Еd = (∆Q/∆P)*P/Q 

 

Ed<0, chunki talab egri chizi-i manfiy egrilikka ega.

1) | Еd |>1 – talab egiluvchan.

2) | Ed |<1 – talab noegiluvchan.

3) | Ed | =1 – birlamchi egiluvchanlik, ya’ni talab narxi va hajmi bir xil darajada o’zgaradi.

4) Ed = 0  - talab absolyut noegiluvchan.

5)  Ed = ∞ - talab absolyut egiluvchan.

 

 Qisqa muddat ichida talab egiluvchanligi uzoq muddat ichidagi egiluvchanlikga qaraganda kamroq.

 

Talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi (Ei) –talab hajmining daromad bir  foizga oshgandagi foizli o’zgarishini hisoblaydi.

1)     Ei = 0 (shunday tovarlarki, ularning iste’mol qilinishiga o’zgarishlar ta’sir qilmaydi. i – bu, birinchi navbatda,  zarur tovarlar.

2)     Ei>0  ( i dagi o’sish – xaridlar hajmi o’sishiga olib keladi – bu sifatli tovarlar ) – noegiluvchan tovarlar.

3)     Ei>0  ( i ning oshishi talabning pasayishini keltirib chiqaradi, bu past sifatli tovarlar).

Kesishuvchan egiluvchanlik (Exy) – bu, bir mahsulot narxining uzgarishi oqibatida boshqa (o’rnini bosuvchi yoki to’ldiruvchi) mahsulotga bo’lgan talab hajmining o’zgarishi.

 

      Exy =(∆Qdx/∆Py)*(Py/Qdx)

 

Exy<0 – bu o’zaro (bir - birining o’rnini) to’ldiruvchi tovarlar. Birinchi tovarning narxi o’sishi bilan boshqa tovarning iste’mol qilinishi o’zgaradi.

Exy>0  – bu bir - birining o’rnini bosa oladigan tovarlar

( x mahsulot narxi  o’sishi bilan u mahsulotning hajmi oshadi).

 

Talab egiluvchanligiga ta’sir qiladigan omillar:

1.     Tovar iste’mol qilinishidagi zarurlik darajasi.

2.     Tovarlarning bir - biri urnini bosish darajasi (Substitutlar soni).

3.     Agregirlanish darajasi (konkret tovar uchun bo’lgan egiluvchanlik shu tovarning alohida xillariga bo’lgan egiluvchanlikka qaraganda kichik).

4.     Iste’molchilar daromadidagi tovar uchun ketgan xarajatlarning o’rni.

5.     Vaqt davri – davr qanchalik qisqa bulsa, egiluvchanlik shunchalik qattiq.

 

Taklif egiluvchanligiga ta’sir qiluvchi omillar:

1.     Saqlashga ketadigan xarajatlar.

2.     Tovar tez bo’ziladiganmi yoki yuqmi.

3.     Ishlab chiqarish hajmidagi o’zgarishlar.

Agar Es>1 – taklif egiluvchan;

Es<1  – taklif noegiluvchan;

Es = 0  – taklif absolyut egiluvchan;

Es = - taklif absolyut noegiluvchan.


[zofa714@list.ru]
Darslik bo'yicha mulohazalaringiz bo'lsa muallifga hat yuborishingiz mumkin!