[Orqaga]  [Bosh sahifa]  [Mundarija]  [Keyingi sahifa]           [Kirilchaga o'girish ]

 

3- Mavzu. Tovarlar va xizmat ishlariga bo’lgan talab va taklif to’q’risida tushuncha.

3- mavzu. Tovarlar va xizmat ishlariga bo’lgan talab va taklif to’q’risida tushuncha.

Talab – bu tovar ishlab chiqarish kategoriyasiga mansub bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Bu bozorga chiqarilgan konkret (aniq) tovarlarga bo’lgan kishilarning ehtiyojini  ifodalash shaklidir.

 Ehtiyojbu kishilarning ijtimoiy talabini qondirishdir. Ehtiyoj talabning mohiyatini, hajmini, tarkibini va dinamikasini ifodalaydi. Shuning uchun tovarlarga bo’lgan ehtiyoj talabga nisbatan ilgari paydo bo’ladi. Amaliyotda talab qiymat ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ehtiyoj ham qiymat ham natural ko’rsatkichlarda ifodalanadi.

Talabaholini pul mablaq’lari bo’lgan sharoitida tovarlarga bo’lgan bozordagi ehtiyojini ifodalash shaklidir. SHunday qilib talab va ehtiyoj orasida quyidagi farklar mavjud:

-       miqdoriy; bunda ehtiyoj hajmi talab hajmidan ko’pdir;

-       faqat bozorlar tovarlar bilan to’lib toshganda, aholining pul daromadlari ko’payib ketgan hollarda talab va ehtiyoj bir-biriga mos keladi. Boshqachasiga aytganda, aholi qancha tovarga ehtiyojlari bo’lsa, shuncha miqdorda tovar xarid qilishi mumkin;

-       o’z tabiati bo’yicha talab bu, bozor kategoriyasi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda tovar-pul munosabatlari bilan boq’liqdir. Ehtiyoj esa bozorga ijtimoiy munosabatlarga va boshqa omilarga boq’liq bo’lmagan holda amal qiladi;

-       ehtiyoj ma’lum davrlarda o’zgarib turadi. Talab ma’lum davrlarga (mavsum, yilga) ilmiy asoslangan holda belgilab beriladi.

Talab aholining pul mablaq’lari bo’lgan sharoitda tovarlarga bo’lgan bozordagi ehtiyojini ifodalash shaklidir. Tovarlarni xarid qilish hajmiga quyidagi omillar ta’sir etadi:

I.                   Fiziologik;

II.                Ijtimoiy ro’zq’or;

III.             Ishlab chiqarish omillari (mahsulot navi, turi, sifati);

IV.            Iqtisodiy omillar (aholi daromadining darajasi, tovarlar narxi, inflyatsiya);

V.               Ob-havo sharoitlari.

Shunday qilib, turli xildagi mahsulotlarga talabning shakllanishi ularga bo’lgan ehtiyojni o’rganish va shakllanishiga asoslanadi. Ularni boshqarish davlat tomonidan ma’lum yoki zaruriy dastaklar va raq’batlantirish usullaridan foydalanish yuli bilan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga muvofiq olib boriladi (amalga oshiriladi). Talabni boshqarish mobaynida bir qator omillar kompleksini hisob olish zarur:

-         tovarlar narxi va ularning o’zgarishi mumkinligi;

-         aholi pul daromadlarining o’zgarishi, ularni ijtimoiy guruhlar o’rtasida taqsimlanishi;

-         import tovarlarni etkazish;

-         oziq-ovqat mahsulotlarini uy sharoitida saqlash;

-         aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini ta’minlash hajmining o’sishi.

Talab hajmibu alohida kishilarning, kishilar guruhi yoki butun aholining ma’lum sharoitlarda vaqt birligi ichida (kun, oy, yil) ma’lum miqdordagi tovarni xarid qilish uchun bo’lgan ehtiyojdir.

         Tovar xarid qilish mumkin bo’lgan sharoitlarga quyidagilar kiradi:

-         shu tovarning narxi;

-         boshqa tovarlarning narxi;

-         aholi pul daromadlari miqdori;

-         xaridorlarning didi va xarakteri.

Talab hajmining uni belgilovchi omillarga boq’likligi talab funktsiyasi deyiladi.

 

                        Q = f (P)

 

         Bu erda  Dtalab;

                        S – taklif;

                         P – narx;

                         Q – hajm.

 

        

 

 

 

 

 

Talab qonuni. Baho bilan talab hajmi o’rtasida nisbiy va teskari boq’liklik bor. Iste’molchilar har bir qo’shimcha mahsulotni uning narxi kamaygan sharoitda oladilar. CHunki keyingi xar bir  mahsulot birligini xarid qilish iste’molchilarni kamroq qoniqtiradi.

         Daromadning foydaliligibu demak, nisbatan tovarlar hajmi ancha kam bo’lganda kishilar shu tovarni ko’proq xarid qilishadi.

Bir - birining o’rnini almashtira oladigan tovarlarning foydaliyligi - nisbatan baho past bo’lganda kishilarda qimmat bo’lgan xuddi shunday tovarlar o’rniga arzon tovarlarni xarid qilish ishtiyoqi paydo bo’lishidir.

 

Taklif to’q’risida tushuncha

 

         Taklif hajmi deb, sotuvchi yoki guruh sotuvchilarning vakt birligi ichida ma’lum sharoitlarda bozorda ma’lum turdagi va miqdordagi tovarni sotishga bo’lgan xohishiga aytiladi.

         Taklif funktsiyasi  Qs=f(P) deb taklif hajmi va uning belgilovchi omillarga boq’likligiga aytiladi. Taklifga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

-         tovarning narxi;

-         boshqa tovarlarning narxi;

-         qo’llaniladigan texnologiyaning xususiyati;

-         soliq va datatsiyalar;

-         tabiiy sharoitlar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-rasm. Taklif egri chiziq’i

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


2-rasm. Talab va taklifning muvozanat holati (talab hajmi taklif hajmiga teng)

 

Tayanch iboralar

-Talab tushunchasi

-Taklif tushunchasi

-talab va taklif funktsiyalari

-baxoga nisbatan talab va taklif funktsiyasi

-talab va taklifga ta’sir etuvchi omillar

-talab va taklif muvozanati

 

Nazorat va muloxaza savollari

1. Extiyoj bilan talabni farki nimada?

2. talab konuni nimani bildiradi?

3. Taklif nima degani?

4. Taklif konuni nimani takozo etadi?

5. Bozor muvozanati kanday tashkil topadi?

 

Adabiyotlar

1. Nureev R.M. «Kurs mikroekonomiki» -M.: 1998

2. Pindak R. Daniel R. «Mikroekonomika»- M.: 1992

3. Xamdamov K. Maxmadiev U.  «Mikroiktisod» -T.: 2000

4. Rinochnaya ekonomika, kol. Avtorov - M.: 1992. tom-1, chast 1

5. Ulmasov A. «Iktisodiyot asoslari» - T.: 1997

 


[zofa714@list.ru]
Darslik bo'yicha mulohazalaringiz bo'lsa muallifga hat yuborishingiz mumkin!