[Orqaga]  [Bosh sahifa]  [Mundarija]  [Keyingi sahifa]           [Kirilchaga o'girish ]

 

2-Mavzu. “Mikroiktisodiyot” fanining mavzui. Usuli va vazifalari.

2-Mavzu. “Mikroiktisodiyot” fanining mavzui.

2.1. Jamiyatdagi iqtisodiy muammolar va ularni hal etishdaMikroiqtisodiyotfanining roli.

 

Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy vazifasi cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlaydigan yo’nalishlarni tanlash va maksimum natijalarga erishishdan iborat. Odatda kishilar o’z manfaati yo’lida, korxonalarfoyda miqdorini ko’paytirish yo’lida xarakat qiladi, davlat bo’lsa ana shular faoliyatini yagona maqsad yo’lidajamiyatning farovonligini, kishilar turmush sharoitini yuksaltirishga qaratishi lozim.

Mikroiqtisodiyotfani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xujaligining quyi bo’q’inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo’lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.

Korxona (firma) lar mavjud cheklangan imkoniyatlar sharoitida o’z faoliyatlari yo’nalishlarini belgilashda 3 asosiy vazifani hal qilishlariga to’q’ri keladi. Birinchidan, nima, ya’ni qanday tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlarni bajarish va qancha miqdorda? Ikkinchidan, qanday, ya’ni cheklangan qancha resurslar, texnologik usullar yordamida? Uchinchidan, kim uchun cheklangan miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarish.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, “Mikroiqtisodiyotfani mamlakat xalq xujaligini asosiy bo’q’ini bo’lgan, mamlakat milliy boyligini ko’paytirishga bevosita ta’sir etadigan. mamlakat xalq xujaligi uchun zarur bo’lgan turli tuman tovarlar ishlab chiqaradigan korxonalar, firmalar, assotsiatsiyalar va shu kabi boshqa ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar iqtisodiyotini cheklangan imkoniyatlar doirasida, talab va taklif asosida tashkil etishning asosiy qonuniyatlarini o’rgatuvchi fan bo’lganligi uchun u jamiyatdagi mavjud iqtisodiy mammolarni hal etishda, so’zsiz, muhim rol o’ynaydi.

 

 

2.2. Fanning mavzui, iqtisodiy bilimlar tarkibidagi o’rni, boshqa fanlar bilan boq’liqligi

 

«Mikroiqtisodiyot» barcha iqtisodiy fanlar bilan uzviy boq’langan holda amal qiluvchi fan bo’lib, uni xalq xujaligini rivojlantirishga qo’shadigan hissasiga,iqtisodiy kadrlar tayyorlashdagi roliga ko’raEkonomiksvaMikroiqtisodiyotfanlaridan keyingi o’rinlarga qo’ysak ko’p xato qilmagan bo’lamiz.

Makroiqtisodiyotfani boshqa iqtisodiy fanlar bilan va ayniqsa, ayrim tarmoqlar iqtisodiyotiga taaluqli bo’lgan fanlar bilan ham doimiy aloqada bo’ladi. Bular jumlasiga: “Sanoat iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti”, Sanoat va qishloq xujaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish va rejalashtirishva shu kabi qator boshqa iqtisodiy fanlarni kiritishimiz mumkin

Mikroiqtisodiyotfanining tutgan o’rnini quyidagi tartibda ifoda etsak bo’ladi.

 

Mikroiqtisodiyotfanining tutgan o’rni.

 

Ekonomiks

Makroiqtisodiyot

Mikroiqtisodiyot

Boshqa iqtisodiy fanlar.

 

Miqroiqtisodiyotfani faqatgina iqtisodiy fanlar bilan emas, balki umumta’lim, ijtimoiy-siyosiy, texnologik va boshqa fanlar bilan ham doimiy aloqada amal qiladi.

 

2.3. Fanning axborot manbalari va o’rganish usullari.

 

Mikroiqtisodiyotfanining asosiy axborot manbalari ana shu turli korxona (firma) lar hamda shaxsiy (xususiy) xo’jaliklar faoliyati ma’lumotlari bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyotfani ular faoliyatini tahlil etishda, xulosalar qilishda zarur bo’lgan qarorlar qabul qilishda turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning asosinidiolektikausuli tashkil etadi.

Dialektikausuli barcha xodisa va voqealarni doimiy taraqqiyotda va o’zaro aloqadorlikda o’rganish zarurligini taqozo etadi. Bundaanaliz”, “sintez”, “induktsiyavadeduktsiyausullaridan foydalaniladi. Analizya’ni tahlil usulidan foydalanishda hodisalarni mayda bo’laklarga ajratib, ularni tadqiq etilsa, “sintezusulida xodisalarning mayda elementlarini birlashtirish asosida yagona xulosaga kelinadi. Induktsiyaayrim dalillar asosida umumiy xulosa qilinsa, “deduktsiyausulida umumiy qoidalar asosida ayrim xulosalar qilinadi.

   Mikroiqtisodiyotfani barcha fanlar qatori bir qancha mahsus iqtisodiy usullardan ham keng foydalanadi. Bular: monografik, iqtisodiy-statistik, tajribaviy (eksperimental), hisob-konstruktiv, abstrak mushohada, matematik usullardan iborat.

    Mikroiqtisodiyotfani ayniqsa, matematika usulidan keng foydalanadi. Bueda, iqtisodiyotda sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlarga sabab bo’ladigan omillarning ta’sirini, ularni o’zaro boq’liqligini aniqlashda matematik funkyiyalar tuziladi. Funktsiyalarning mohiyatio’zgaruvchi miqdorlarning o’zaro boq’liqligini ifoda etishdan iborat. Funktsiyaning quyidagi uch xil ko’rinishidan foydalanish mumkin.

1.Algebraik ko’rinishi. Bunda funktsional o’zaro boq’liqlik algebraik formula shaklida yoziladi. Masalan, turli xildagi iste’molchilarni ma’lum turdagi tovarga bo’lgan talabi(QD1  QD2  QD3) aniq bo’lsa, shu tovarga bo’lgan jami talab miqdorini aniqlash murakkab emas: 

 

QD = QD1+QD2+QD3

 

   Bu usulni ayrim kamchiliklari mavjud. CHunonchi, yuqoridagi formulaga asosan jami talab miqdorini aniqlash mumkin, lekin bu talab qanday holatda qanchaga o’zgarishi mumkinligi to’q’risida ma’lumot bera olmaydi.

2.Jadval shaklidagi funktsiya. Funktsiyaning jadval shaklidagi ko’rinishida jadvalning bir ustuniga argument (R), ikkinchisiga (QD) ifoda etiladi va u tadqiq qilinayotgan miqdorlarning o’zaro boq’liqligini nisbatan to’laroq ko’rsatadi. Masalan, ma’lum tovarga bo’lgan talab (QD) va uning bahosi (R) miqdori aniq bo’lsa, ular o’rtasidagi funktsional aloqani quyidagi jadvalda ifoda etish mumkin.

 

Bozorga qo’yilgan kartoshka bahosi bilan unga bo’lgan

talabning o’zaro boq’liqligi.

 

Turli holatlardagi

oldisotdi

1 kg kartoshka bahosi

(R) , so’m

Xaridorning sotib olish

xohishi       (QD) , kg

A

60,0

10

V

50,0

20

S

40,0

35

D

30,0

50

E

20,0

70

 

Funktsiyaning jadval shaklidan talabning bahoni o’zgarishiga qarab o’zgarib turishini, bahoni ma’lum miqdorida QD nimaga teng ekanligini yaqqol ko’rish mumkin. Lekin funktsiyaning bu shaklida ham ma’lum kamchilik mavjud. Masalan, baho 40 so’m bo’lganda QD nimaga teng degan savolga jadvaldan javob topib bo’lmaydi. SHu boisdan ham iqtisodchilar tadqiqotni grafik usulidan ham foydalanishlari lozim.

 

Tayanch iboralar

-mikroiktisod fani muvzui

-mikroiktisod fani usuli

-mikroiktisod fanining boshka fanlar bilan bogliklgi.

 

Nazorat va muloxaza savollari

1. Jamiyatdagi muammolar nimalarda namoyon bulmokda?

2. «Mikroiktisod» faninng tutgan urni kanday?

3. Bu fanning boshka fanlar bilan boglikligi kanday?

4. «Mikroiktisod» fanining axborot manbayi kanday?

5. Fanning asosiy usullari kaysilar?

6. Matematik funktsiyaning mazmuni nimada?

7. Matematik funktsiyalarning kanday kurinishlari mavjud va ularning moxiyati nimada?

 

Adabiyotlar

1. Nureev R.M. «Kurs mikroekonomiki» - M.: 1998

2. Pindak R. Daniel R. «Mikroekonomika» - M.: 1992

3. Xamdamov K. Maxmadiev U.  «Mikroiktisod» -T.: 2000

4. Rinochnaya ekonomika, kol. Avtorov - M.: 1992,  tom-1, chast 1

5. Ulmasov A. «Iktisodiyot asoslari» - T.: 1997

6. Klass E. «Effektivnaya ekonomika»- M.: 1991


[zofa714@list.ru]
Darslik bo'yicha mulohazalaringiz bo'lsa muallifga hat yuborishingiz mumkin!