[Orqaga]  [Bosh sahifa]  [Mundarija]  [Keyingi sahifa]           [Kirilchaga o'girish ]

Omad Sizga yor bo'lsin!!!
 

1-Mavzu. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti va vazifalari. Iqtisodiyotda aylanish modeli.

1-mavzu. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti va vazifalari.

Mustaqil Respublikamiz iqtisodiyotini har tomonlama mustahkamlashda iqtisodiyot fanini mukammal egallash, ayniqsa mikroiqtisodiyot fani sir-asrorlarini puxta o’rganish talab etiladi.

         Iqtisodiyot – bu ma’lum darajada barcha iqtisodiy fanlar qulga kiritgan yutuqlarini sintez qiluvchi fan. Iqtisodiyot termini iqtisodiy fan uchun  A. Marshall tomonidan 1890 yilda «Iqtisodiyot printsiplari» asarida kiritilgan.

          Iqtisodiyotda iqtisodni o’rganishda ikkita yo’nalish mavjud: pozitivizm va normativizm. Pozitiv iqtisodiyot – real iqtisodiy hodisalar kattaligi va ularning o’zaro boq’likligini tahlil etadi. Masalan, inflyatsiyaning haqiqiy darajasi iqtisodiyotga qanday ta’sir etadi degan savolga javob beradi.

Normativ iqtisodiyot – iqtisodiyot qanday bo’lishi kerak degan fikrni baholaydi. Lekin bu baholashlarni real dalillar bilan tekshirib, isbotlab bo’lmaydi. Pozitiv iqtisodiyotda normativ iqtisodiyotdan farkli ularoq nazariya yoki gipotezani varifitsirlash (tekshirish, isbotlash) mumkin.

         Iqtisodiyot nazariyasi – bu ijtimoiy fan bo’lib, ayrim kishilarning va jamoalarining ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash, taqsimlash va moddiy ne’matlarni, xizmatlarni iste’mol qilish jarayonidagi harakatlarni o’rganadi. Bundan maqsad – resurslar cheklangan sharoitda talabni qondirishdir.

   Iqtisodiyot fani iqtisodiyotning muammolarini va uning ikkita eng muhim dalilini o’z ichiga qamrab oladi:

1)     jamiyatning cheksiz yoki qondirish mumkin bo’lmagan moddiy talablari;

2)     iqtisodiy resurslar va ularning cheklanganligi.

  Mikroiqtisodiyot alohida iqtisodiy sub’ektlar harakatini o’rganadi. Unga: iste’molchilar, ishchilar, er egalari, sarmoya kuyuvchilar, fermerlar – xullas, iqtisodiyotning barcha faoliyatida  muhim rol o’ynovchi har qanday individ, ya’ni jismoniy shaxs yoki xo’jalik sub’ekti kiradi.

Bozor – bu tovarlarni realizatsiya qilish, ayirboshlash sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yiq’indisidir.

Bozor iqtisodiyoti – bu iqtisodiy tizimlar bo’lib, bunda barcha munosabatlar xaqiqatda ayriboshlash munosabatlari ta’sirida yuzaga keladi.

Bozor mexanizmining asosiy elementlari – baho, talab va taklifdir.

Qiymat qonuni harajatlarni kamaytirishni raq’batlantiradi. Xarajatlarni kamaytirish uchun yangi texnologiya yoki fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini topib, ishlab chiqarishga tez joriy etish zarur.

Baho  bir tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Tovar bahosi asosida uning qiymati yotadi. Unga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bozorga xizmat kiluvchi barcha tashkilot va korxonalar  bozor infrastrukturasi deyiladi.

Bozor infrastrukturasiga:

 Kapital bozori  - fond birjalari; suq’urta kompaniyalari; auditor firmalari; kommertsiya banklari; davlat suq’urta nazorati; davlat soliq nazorati; investitsiya fondi, davlat mulki fondi ;

Tovarlar bozori - tovar birjalari; savdo uylari; kommertsiya markazi va kompaniyalari; lizing kompaniyalari; auktsionlar, yarmarkalar; rezerv suq’urta fondi;

Mehnat bozori - mehnat birjasi; kadrlar tayyorlash markazi; ish bilan band qilish fondi; nafaqa fondi; ishsizlik bo’yicha nafaqa bilan ta’minlash fondi va boshqalar kiradilar.

Korxona – mehnatkashlar jamoasi mulkidan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molchiga sotadigan mustaqil xo’jalik sub’ektidir.

Korxonalar turlari: oilaviy va yakka tartibdagi korxonalar; davlat korxonalari; qo’shma korxonalar; kichik va ijara korxonalar; yirik, o’rtacha, mayda korxonalar.

Bozor iqtisodiyotining iqtisodiy sub’ektlari: uy xo’jaligi; firma; xukumat.

Uy xo’jaligi – bu bir yoki bir necha kishilardan iborat bo’lgan iqtisodiy birlik. U qandaydir ishlab chiqarish omilga egadir. Firma ham iqtisodiy birlikdir. Lekin u ishlab chiqarish omillarini mahsulot yaratishga va boshqa firmalar, uy xo’jaliklariga yoki hukumatga sotishga ishlatadi.

Hukumat – xo’jalik sub’ektlari va bozor ustidan tekshirish olib boradi.Uy ho’jaliklari o’z resurslarini (mehnat, kapital, er) sotib daromad ko’rishadi, u daromadni firmalardan mahsulotlar sotib olishga yoki xizmatlarga haq to’lashga ishlatadilar.

Firmalar o’z mahsulot va xizmatlarini sotishdan tushgan pulni uy xo’jaliklardan resurslar sotib olishga sarflaydilar.

 

Mikroiqtisodiy aylanish modeli:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Bugungi kundagi eng muhim masalabu kichik va o’rtacha yiriklikdagi korxonalarni rivojlantirish, ularga keng imkoniyat va imtiyozlar tashkil qilib berishdir.

         Qisqa muddat ichida, korxona ichki bozorni to’ldiradigan va eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik texnologiyalarni joriy etish va shu asosida tayyor

mahsulot sifatini, ularning jaxon andozalari talablariga javob berishini, tovar va xizmatlar  bozorida raqobat tashkil etishni ta’minlash kerak bo’ladi.

 

Tayanch iboralar

-inson extijlari va uning cheksizligi

-moddiy resurslar va ularni cheklanganligi

-bozor va bozor iktisodiyoti

-bozor iktisodi sub’ektlari

 

Nazorat va muloxaza savollari

1. Nima sababdan extiyojlar cheksiz buladi?

2. Resurslarga nimalar kiradi va ularni cheklanganligini kanday tushunasiz?

3. «Bozor» va «Bozor iktisodi» deganda nimani tushunasiz?

4. «Bozor infrastrukturasi» nima?

5. Bozor iktisodini ijobiy va salbiy tamonlari deganda nimalar kuzda tutiladi?

6. Mikroiqtisodiy aylanish modelini tushuntirib bering.

 

Adabiyotlar

1. Nureev R.M. «Kurs mikroekonomiki»- M.: 1998 ,

2. Pindak R. Daniel R. «Mikroekonomika» -M.: 1992 

3. Xamdamov K. Maxmadiev U.  «Mikroiktisod» -T.: 2000 

4. Ro’nochnaya ekonomika, kol. Avtorov- M.: 1992,  tom-1

5. Ulmasov A. «Iktisodiyot asoslari» -T.: 1997


[zofa714@list.ru]
Darslik bo'yicha mulohazalaringiz bo'lsa muallifga hat yuborishingiz mumkin!