qidiruv
rus

TATU kutubxona


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot - resurs markazi


Uyga
Axborot-resurs markazi xaqida
Hizmat ko`rsatish
Manbalar
Internet manbalariga yo`l ko`rsatish
Qo`shimcha manbalar
Elektron kutubxona


2001 yil kuz oylarida TATU kutubxonasida O`zbekiston pochta va telekommunitsiyalar agentligi tomonidan berilgan birinchi kompyuterlar olingandan so`ng elektron kutubxona yaratilishi boshlandi. Universitet rektorati an`anaviy kutubxonaga qo`shimcha maydon (488 kv.m) ajratgan so`ng asosiy qismi ko`chib o`tdi, bo`shagan xonalarga elektron kutubxona joylashtirildi.

2001 yil 26 oktyabrda birinchi elektron kutubxona qiroatxonasi ochildi. Unda 20 ta Pentium-I kompyuterlari o`rnatildi, ulardan biri server uchun ajratildi. 2002 yil 25 martida 20 ta kompyuterli talabalar uchun ikkinchi qiroatxona, hamda o`qituvchi va xodimlar uchun zallar ochildi. 2002 yil "EdNet ta`lim tarmog`i" dasturi granti asosida Pentium-III serveri printer bilan olindi.

Hozirgi paytda Elektron kutubxona LCD-monitorli Pentium-IV kompyuterlari bilan jihozlangan 4 ta zalni o`z ichiga olgan: 3 ta zal talabalar uchun (bakalavr va magistrlar uchun) (60 kompyuter) va 1 zal o`qituvchilar uchun (8 kompyuter). Tarmoqdagi ish ikkita server orqali ushlab turiladi. Elektron kutubxonaga kun mobaynida 260 tagacha bo`lgan kitobxon kiradi. EK ishlari olib borilishi foydalanish qoidalari da to`liq berilgan.

EK qiroatxonalaridan foydalanuvchilar quyidagi manbalardan foydalanishligi mumkin:

  • Elektron katalog kutubxonaning an`anaviy va elektron manbalari tavsiflangan 37.000 dan ortiq yozuvlarni o`z ichiga olgan. Bugungi kunda elektron katalogga universitetda o`qitiladigan mutaxassisliklarga oid barcha adabiyotlar kiritilgan. Hozirda asosan yangi keltirilgan va badiiy adabiyotlarni kiritish ishlari olib borilmoqda.
  • Ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar universitet o`qituvchilari tomonidan ishlangan (19 yanvarcha: 215 nom o`zbek tilida, 252 - rus tilida va 3 - nemes tilida);
  • Elektron darslik, universitet o`qituvchilari tomonidan yaratilgan (38 nomda) va informatsion texnologiyalar bo`limi (38 nomda).
  • Elektron turdagi kitoblar, noyob turdagi kitoblarning to`liq matni 115 nomdan ortiq.
  • EBCSO Publishing, SpringerLink, Oxford University Press, The Royal Society of London va Integrum (Russia Online) elektron jurnallarning to`liq matnli ma`lumotlar bazasi ingliz, rus va boshqa tillarda bo`lgan 18.000 chet el jurnallar va gazetalarni o`zida qamrab olgan;
  • Kitoblarning to`liq matnli ma`lumotlar ombori Internet tizimi orqali yig`ilgan (955 nom) (dasturlash, ma`lumotlar ombori, tarmoqlar va x. k., badiiy adabiyotlar), hamda ba`zi bir ko`p so`raladigan kitoblarning elektron nusxasi (99 nom). Ularga kirish Web-sahifa orqali bajariladi;
  • Virtual mavzuli ko`rgazmalar, kutubxonada mavjud bo`lgan dolzarb yo`nalishlardan bo`lgan pedogogika, psixologiya, masofadan o`qitish, uyali va sputnik aloqa mavzulari bo`yicha adabiotlarni tashkil etadi. Virtual ko`rgazmada o`quvchilar tanlangan mavzularidagi yangi kitoblarni yaqqol ko`rishlari mumkin.
  • Internet. Qiroatxonalardagi barcha kompyuterlarda Internetga kirish imkoniyati bor (tezlik 512 kb/s). Kutubxonachilar tomonidan O`zbekistonning, hamda boshqa davlatlarning foydali manzillar web-manbalari tayyorlangan va saytga kiritilgan.
  • Disketalarni, CD- va DVD-disk o`quvchilar o`z uylariga olib, o`zlarining shaxsiy kompyuterlarida foydalanishlari mumkin.
  • Kutubxona saytida barcha ma`lumotlar bo`limlarga bo`lingan, ular uchun qidiruv tizimi ishlamoqda.

Universitet resurslarining katta qismi Internet foydalanuvchilar uchun quyidagi manzilda mavjud: http://library.tuit.uz.

Har yili kutubxona va uning resurslari xaqida 1-kurs talabalari uchun (1 para) dars o`tiladi. Dars rejasi:

  1. ARM ning umumiy ma`lumotlari
  2. Foydalnish qoidalari
  3. Elektron katalog
  4. To`liq matnli manbalar (kitoblar, jurnallar, ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar)
  5. Kutubxona saytidagi foydali manbalar.

so`ngi yangilangan sana: 07.08.2013